yer yuzida na biron o‘t, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomg‘ir yog‘dirmagan, yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi.
Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon bo‘ldi.
Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o‘stirdi. Bog‘ning o‘rtasiga hayot ato etuvchi daraxtni va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini qo‘ydi.
Shunday qilib, Parvardigor Egamiz tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. Xudo: “Bu jonivorlarni odam ko‘rib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi.
Shu boisdan Parvardigor Egamiz odamni qattiq uxlatib qo‘ydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg‘asidan bittasini oldi va qovurg‘aning o‘rniga et qopladi.
Shunda odam aytdi: “Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo‘lgan suyakdir, Mening etimdan yaralgan etdir. U Xotin, deb atalgay, Chunki u erkakdan yaratilgandir.”