Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Yoqub qarasa, Esov kelayotgan ekan, yonida to‘rt yuzta odami ham bor. Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkala cho‘risiga taqsimladi. |
| 2 |
| Cho‘rilari bilan ularning bolalarini eng oldinga, Leax bilan uning bolalarini ulardan keyin, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo‘ydi. |
| 3 |
| Yoqubning o‘zi ularning oldida bordi. Akasining oldiga yetib borguncha yetti marta egilib ta’zim qildi. |
| 4 |
| Esov ham ukasini kutib olgani yugurib borib, uni quchoqlab oldi. Yoqubning bo‘yniga osilib, o‘pdi. Ikkovi ham yig‘lar edilar. |
| 5 |
| Esov ayollarga va bolalarga qarab: — Yoningdagi bu odamlar senga kim bo‘ladi? — deb so‘radi. — Men, qulingizga Xudo inoyat qilib bergan bolalarim, — dedi Yoqub. |
| 6 |
| Shundan keyin cho‘rilar bilan ularning bolalari Esovning oldiga kelishib, unga egilib ta’zim qildilar. |
| 7 |
| Ulardan keyin Leax bilan uning bolalari yaqin kelib, egilib ta’zim qilishdi. Oxirida Yusuf bilan Rohila yaqin kelib, egilib ta’zim qildilar. |
| 8 |
| — Menga suruvlaru podalar jo‘natibsan, bundan maqsading nima edi? — deb so‘radi Esov. — Hazratimning iltifotiga sazovor bo‘lishim uchun hadya qilib yuborgan edim, — deb javob berdi Yoqub. |
| 9 |
| — Rahmat, uka, o‘zimniki juda ko‘p, o‘zingniki o‘zingga buyursin, — dedi Esov. |
| 10 |
| — Yo‘q, iltimos, agar meni iltifotingizga sazovor bilsangiz, hadyalarimni olasiz, — deb turib oldi Yoqub. — Siz meni shunday yaxshi kutib oldingizki, men uchun sizning yuzingizni ko‘rish — Xudoning yuzini ko‘rishga o‘xshaydi. |
| 11 |
| Iltimos qilaman, hadyalarimni oling. Xudo menga inoyat qilib, kerakli hamma narsani berdi. Yoqub qattiq iltimos qilavergandan keyin, oxiri, Esov hadyalarni olishga rozi bo‘ldi. |
| 12 |
| — Qani, endi ketaylik, men senga yo‘l ko‘rsatib boraman. |
| 13 |
| Yoqub esa shunday dedi: — O‘zingiz ko‘rib turibsiz, hazratim, bolalarim chiniqmagan, qo‘y–sigirlarim ham bolalagan. Qo‘y–sigirlarimni bir kungina qistab haydasalar, butun chorva nobud bo‘ladi. |
| 14 |
| Shuning uchun mendan oldinda ketaversangiz. Men chorvaning yurishiga va bolalarning qadamiga qarab sekin boraveraman. Siz bilan Seir yurtida uchrashamiz. |
| 15 |
| — Bo‘pti, bo‘lmasa, odamlarimdan ba’zilarini sen bilan qoldiray, ham sizlarga yo‘l ko‘rsatib boradi, ham qo‘riqlab ketadi, — dedi Esov. — Nima qilasiz ovora bo‘lib?! Menga ko‘p mehribonlik ko‘rsatyapsiz, shunga ham rahmat. |
| 16 |
| Esov o‘sha kuni Seirga qaytib ketdi. |
| 17 |
| Yoqub esa oilasi bilan Suxo‘tga qarab ketdi. U yerda o‘ziga bir uy, chorvasi uchun qo‘ralar qurdi. Shuning uchun bu joyga Suxo‘t, deb nom berildi. |
| 18 |
| Shunday qilib, Yoqub Paddon–Oramdan Kan’on yurtidagi Shakam shahriga eson–omon qaytib keldi. Shahar tashqarisida chodirlarini tikdi. |
| 19 |
| U chodir tikkan joylar Xamo‘r degan odamning o‘g‘illariga qarashli mulk edi. Xamo‘r Shakamning otasi edi. Yoqub bu joylarni Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga sotib oldi. |
| 20 |
| U bu yerda qurbongoh qurib, bu joyni: “Xudo Isroilning Xudosidir”, deb atadi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/genesis/033.mp3
50
33