Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Bir kuni soqiysi bilan novvoyi Misr fir’avnini qattiq xafa qildi. |
| 2 |
| Fir’avn bu ikkala a’yonidan — soqiy bilan novvoyidan g‘azablanib, |
| 3 |
| ularni ham Yusuf yotgan zindonga qamatib qo‘ydi. Zindon qo‘riqchilar boshlig‘ining uyida edi. |
| 4 |
| Qo‘riqchilar boshlig‘i Yusufni soqiy bilan novvoyning xizmatiga qo‘ydi. Yusuf ularga xizmat qila boshladi. Ular ancha vaqt zindonda qoldilar. |
| 5 |
| Fir’avnning soqiysi bilan novvoyi zindonda yotar ekanlar, bir kuni kechasi ikkovi ham tush ko‘rdilar. Har bir tushning o‘ziga xos ma’nosi bor edi. |
| 6 |
| Ertalab Yusuf ularning yoniga keldi. Ularning yuzi g‘amgin edi. Yusuf buni payqadi. |
| 7 |
| — Nimaga bugun juda g‘amgin ko‘rinasizlar? — deb so‘radi Yusuf ulardan. |
| 8 |
| — Biz tush ko‘rgan edik, bu yerda tushimizni ta’birlab beradigan biron kimsa yo‘q, — deb javob berishdi ular. — Tushlarni ta’birlash Xudodandir, — dedi Yusuf. — Marhamat, tushingizni menga ayting–chi. |
| 9 |
| Avval soqiy tushini Yusufga aytib berdi: — Tushimda tok ko‘ribman. Tok oldimda turgan emish. |
| 10 |
| Tokning uchta novdasi bor ekan. Novdalar darrov kurtak otib, meva tugib uzumlar pishibdi. |
| 11 |
| Fir’avnning qadahi qo‘limda emish. Men uzumlarni olib, fir’avnning qadahiga uzumning sharbatini siqibman. Keyin qadahni fir’avnning qo‘liga beribman. |
| 12 |
| Yusuf unga dedi: — Tushingizning ta’biri shunday bo‘lur: uchta novda — uch kun degani. |
| 13 |
| Uch kun ichida fir’avn sizni zindondan ozod qilib, oldingi mansabingizga qaytaradi: siz yana soqiy bo‘lib, ilgarigiday shohga qadah tutasiz. |
| 14 |
| Lekin sizdan bir iltimos: ishlaringiz yaxshi bo‘lib ketganda, meni ham eslab qo‘ying. Siz menga iltifot ko‘rsatib, fir’avnga men to‘g‘rimda ham eslatib qo‘ying: meni zindondan chiqarib olsin. |
| 15 |
| Men aslida ibroniylar yurtidan o‘g‘irlab keltirilganman. Buning ustiga, yana bu yerda zindondaman, lekin hech qanday aybim yo‘q. |
| 16 |
| Novvoy qarasa, tushning ta’biri yaxshilikka ekan. U Yusufga dedi: — Men ham tush ko‘ribman. Boshimda uchta non savatni olib ketayotgan emishman. |
| 17 |
| Eng tepadagi savatda fir’avnga atalgan pishiriqlarning har turidan bor ekan. Lekin qushlar uchib kelib, boshimdagi savatdan pishiriqlarni cho‘qiyotgan ekan. |
| 18 |
| — Tushingizning ta’biri shunday bo‘lur, — dedi Yusuf. — Uchta savat — uch kun degani. |
| 19 |
| Uch kun ichida fir’avn boshingizni tanangizdan judo qilib, tanangizni tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtiradi. Qushlar tanangizni cho‘qib yeydi. |
| 20 |
| Oradan uch kun o‘tgach, fir’avn tug‘ilgan kunida barcha a’yonlariga ziyofat berdi. Soqiysi bilan novvoyini ham zindondan a’yonlari oldiga chaqirtirdi. |
| 21 |
| Fir’avn soqiysini ozod qilib oldingi mansabiga qaytardi. Shunday qilib, soqiy yana fir’avnga qadah tutadigan bo‘ldi. |
| 22 |
| Lekin Yusuf aytganday, fir’avn novvoyning boshini oldirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi. |
| 23 |
| Soqiy esa Yusufni eslamadi, uni unutib yubordi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/genesis/040.mp3
50
40