Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday ko‘rsatma berdi: “Bu odamlarning qoplarini ko‘tara oladigan qilib donga to‘ldir. Har birining qopiga kumushlarini qaytarib solib qo‘y.
Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf qulboshisiga buyurdi: — Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga yetib olganingdan keyin shunday deb ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz?
Xo‘jayinimning kumush qadahini o‘g‘irlaganingiz nimasi? Xo‘jayinim ichimlik ichish uchun, fol ochishda foydalanardi, axir! Qanday yomon ish qilib qo‘yibsizlar–a!”
O‘zingiz o‘ylang, qoplarimizdan topib olgan kumushlarni Kan’ondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz xo‘jayiningizning uyidan kumush yoki oltin o‘g‘irlarmidik?!
— Mayli, men roziman, sizlar aytgancha bo‘la qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush qadah kimdan topilsa, u menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa ozod bo‘lasizlar.
— Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini fosh qildi. Endi o‘zimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib o‘zimizni oqlardik?! Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan birga biz, hammamiz, sizga qul bo‘lishga tayyormiz.
— Yo‘q, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat qadahni o‘g‘irlagan odamgina menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa eson–omon otangizning oldiga qaytinglar.
Biz shunday deb javob berdik: “Ha, qari otamiz va kenja ukamiz ham bor, otamiz uni keksayganda ko‘rgan. Uning akasi esa o‘lgan, onasidan bir o‘zi yolg‘iz qolgan. Otamiz uni juda yaxshi ko‘radi.”
Lekin biz otamizga aytdikki: “O‘zimiz bora olmaymiz, agar kenja ukamiz biz bilan birga ketsagina, bora olamiz, ukamiz bormaguncha, biz o‘sha odamning ko‘ziga ko‘rina olmaymiz.”
Men, qulingiz, mana shu bola uchun otamga kafil bo‘lganman. Otamga: “Agar uni qo‘lingizga qaytarib olib kelib topshirmasam, umr bo‘yi sizning oldingizda aybdor bo‘lib qolay”, deb aytganman.
Agar bola men bilan birga ketmasa, otamning oldiga qaysi yuz bilan qaytib boraman?! Otamning boshiga tushadigan kulfatlarga qarab turishga bardosh berolmayman.