Shundan keyin, Yusuf fir’avnning huzuriga borib, shunday dedi: “Mening otam, aka–ukalarim mol–qo‘ylarini, butun mulkini olib, Kan’on yurtidan kelishdi. Ular hozir Go‘shen yerlarida.”
Fir’avn ulardan: — Kasb–koringiz nima? — deb so‘radi. — Biz, qullaringizning kasbi cho‘pon, ota–bobolarimiz ham cho‘pon o‘tishgan, — deb javob berishdi ular fir’avnga.
— Biz, Misrda istiqomat qilib tursak, deb keldik. Chunki qo‘y–echkilarimiz uchun Kan’onda yaylov yo‘q, u yerda og‘ir qahatchilik. Siz, janobi oliylaridan iltimosimiz shuki, biz, qullaringizga, Go‘shen yerlarida istiqomat qilib turishimiz uchun ijozat bersangiz.
ana, Misr yurti ularniki. Ularni yurtning eng yaxshi yeriga — Go‘shen yerlariga joylashtir. Agar ularning orasida uddaburonlari bo‘lsa, mening chorvamni ham ularga topshirib qo‘y.
— Bir yuz o‘ttiz yildan beri bu dunyoda mehmonman, — dedi Yoqub fir’avnga. — Ota–bobolarim ham bu dunyodan mehmon bo‘lib o‘tdilar. Lekin mening hayotim tez va qiyinchilik bilan kechdi, men hali ota–bobolarim yoshiga yetmadim.
Misr va Kan’on xalqlari kumushlarini sarf qilib bo‘ldi. Hamma Misrliklar Yusufning huzuriga kelishardi. “Kumushlarimiz tugadi, lekin bizga don bersinlar! Janoblarining ko‘z o‘ngilarida o‘lib ketmaylik!” deb yalinishardi.
Shunday qilib, ular chorvasini Yusufga olib kelishardi. Yusuf ularning otlarini, qo‘y–echkilarini, podalarini, eshaklarini olib, evaziga don berardi. O‘sha yili Yusuf ularning chorvasini olib, evaziga yegulik berdi.
Kelgusi yili ular yana Yusufning huzuriga kelishib, hasrat qilishdi: “Biz janobi oliylaridan yashirib nima ham qilardik: kumushlarimiz tugagan, mol–qo‘ylarimiz o‘zlariniki bo‘ldi. Janobi oliylariga tanamizu yerimizdan tashqari beradigan narsamiz qolmadi.
Janoblarining ko‘z oldida o‘zimiz ham, yerimiz ham nobud bo‘lib ketmasin. O‘zimizni ham, yerlarimizni ham sotib olib, evaziga don bersinlar. Biz yerlarimizni fir’avnga berib, o‘zimiz unga qul bo‘lishga tayyormiz. Hoziroq bizga don–dun bersalar, toki o‘lmay tirik qolaylik, yerlarimiz tashlandiq bo‘lib qolmasin.”
Shunday qilib, Yusuf Misrdagi jamiki yerlarni fir’avn uchun sotib oldi. Qahatchilik nihoyatda kuchayganidan, hamma Misrliklar dalalarini Yusufga sotdilar. Ularning hamma yerlari fir’avnniki bo‘lib qoldi.
Yusuf faqat ruhoniylarning yerlarinigina sotib olmadi. Chunki ularga fir’avn tomonidan oziq–ovqat tayinlangan bo‘lib, yerlarini sotishlariga zarurat yo‘q edi.
Hosilni yig‘ib olganlaringizda, beshdan birini fir’avnga berasizlar, beshdan to‘rt qismi o‘zlaringizniki bo‘ladi, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik qilasizlar, bola–chaqalaringiz bilan yeb, tirikchilik qilasizlar.
— Siz bizga iltifot ko‘rsatdingiz, Siz bizning hayotimizni saqlab qoldingiz, janobi oliylari! — deb aytdi xalq. — Shuning uchun biz fir’avnga qul bo‘lamiz.
Fir’avn hosilning beshdan birini oladigan bo‘ldi. Yusuf buni butun Misr yurti bo‘ylab qonun qilib qo‘ydi. Bu qonun bugungacha bor. Faqat ruhoniylarning yerlarigina fir’avnning mulki bo‘lmadi, xolos.
Yoqubning umri oxirlab qoldi. U o‘g‘li Yusufni chaqirib shunday dedi: — Agar mendan rozi bo‘lsang, qo‘lingni sonim ostiga qo‘y. “Sizning vasiyatingizni bajaraman”, deb va’da ber. Oxirgi vasiyatim shuki, meni Misrda dafn qilmagin.