Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Yer yuzida insonlar borgan sari ko‘paya boshladi. Qizlar ham tug‘ilgan edi. |
| 2 |
| Ilohiy zotlar, bu qizlar chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini o‘zlariga xotin qilib olaverdilar. |
| 3 |
| Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi, chunki ular o‘ladigan jonlardir. Kelgusida ular 120 yil umr ko‘rsin.” |
| 4 |
| O‘sha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan tug‘ilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari bo‘lgan edilar. |
| 5 |
| Egamiz ko‘rdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko‘p ekan. Ularning ko‘nglida faqat qabih niyat bor ekan. |
| 6 |
| U yer yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon bo‘ldi, yurakdan afsuslandi. |
| 7 |
| Egamiz aytdi: “O‘zim yaratgan inson zotini yer yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon bo‘lyapman.” |
| 8 |
| Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor bo‘lgan edi. |
| 9 |
| Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir. O‘sha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh bo‘lib, Xudoga hamroh bo‘lib yashardi. |
| 10 |
| Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta o‘g‘li bor edi. |
| 11 |
| Endilikda yer yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zo‘ravonlikka to‘lib–toshib ketgan edi. |
| 12 |
| Xudo ko‘rdiki, olam buzilib ketgan, yer yuzidagi jamiki insoniyat yo‘ldan ozgan edi. |
| 13 |
| Xudo Nuhga aytdi: “Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zo‘ravonlikka to‘lib–toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yo‘q qilmoqchiman. |
| 14 |
| O‘zingga yaxshi qattiq yog‘ochdan kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichi–tashini qora saqich bilan suvab chiq. |
| 15 |
| Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak bo‘lsin. |
| 16 |
| Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oralig‘ida bir tirsak ochiq joy qoldir. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa. |
| 17 |
| Men yer yuzini to‘fonga bostirib, har qanday tirik jonzotni qirib tashlayman. Yer yuzidagi hamma narsa nobud bo‘ladi. |
| 18 |
| Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga o‘g‘illaring, xotining, kelinlaring ham kiradi. |
| 19 |
| Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urg‘ochisidan kema ichiga o‘zing bilan olib kirasan, toki to‘fon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin. |
| 20 |
| Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, o‘zing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin. |
| 21 |
| O‘zing bilan oziq–ovqatlarning har bir turidan g‘amlab ol. Oziq–ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga yegulik bo‘ladi.” |
| 22 |
| Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/genesis/006.mp3
50
6