Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila a’zolaring bilan kema ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih bo‘lib yurganlardan faqat seni topdim, xolos.
Yetti kundan keyin, men yer yuziga qirq kechayu qirq kunduz davomida yomg‘ir yog‘diraman. O‘zim yaratgan har bir tirik narsani yer yuzidan yo‘q qilaman.”
[12-13] Ayni o‘sha kuni Nuh bilan birga uning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu qirq kunduz tinmay yomg‘ir yog‘di.
Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, yerda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining har bir turidan kemaga kirdi.
Yer yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yo‘q qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo‘lganlargina tirik qoldilar, xolos.