Sulaymon ibodat qilib bo‘lishi bilanoq, osmondan alanga tushib, kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni yamlab yubordi. Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirdi.
Jamiki Isroil xalqi olov tushganini va Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirganini ko‘rgach, hammalari yerga muk tushib, ta’zim qildilar va Egamizga sajda qilib, Unga shukrona aytdilar: “Egamiz yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
Ruhoniylar o‘z joylarini egalladilar. Levilar ham musiqiy asboblarni ko‘tarib, ruhoniylar singari o‘z joylariga turdilar. Dovud bu musiqiy asboblarni Egamizga hamdu sano aytish uchun yasattirgan edi, Dovudning o‘zi Egamizni madh etib, “Uning sodiq sevgisi abadiydir” deb hamdu sano aytganda, o‘sha musiqiy asboblardan foydalangan edi. Xalq tik turar, levilarning qarshisidan joy olgan ruhoniylar esa karnaylar chalardilar.
Sulaymon Egamizning uyi oldidagi hovli o‘rtasini ham muqaddas qildi. So‘ng o‘sha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklarining yog‘ini nazr qildi, chunki bularning hammasi u yasattirgan bronza qurbongoh ustiga sig‘magan edi.
Keyin Sulaymon va u bilan birga nihoyatda katta jamoa — Levo–Xomatdan tortib Misr soyligiga qadar yerlarda yashaydigan butun Isroil xalqi yetti kun davomida Chayla bayramini nishonlashdi.
Ular yetti kun qurbongohning Xudoga bag‘ishlanishini nishonlashdi, keyin yana yetti kun Chayla bayramini qilishdi. Chayla bayramidan keyin muqaddas yig‘in qilishdi.
Yettinchi oyning yigirma uchinchi kuni Sulaymon xalqni o‘z uylariga jo‘natdi. Egamizning Dovudga, Sulaymonga va Isroil xalqiga ko‘rsatgan muruvvati tufayli hammaning ko‘ngli shodlikka to‘lgan edi.
Keyin Egamiz kechasi Sulaymonga zohir bo‘lib, unga aytdi: “Menga qilgan iltijolaringni eshitdim, bu uyni O‘zimga qurbonliklar keltiriladigan joy qilib tanladim.
Yomg‘ir yog‘masin deb osmonni berkitganimda, yoki chigirtkalarga yer yuzini yeb bitirishi uchun amr berganimda, yoxud xalqimning orasiga o‘lat kasalini yuborganimda,
Mening nomim bilan atalgan xalqim tavba qilib, Menga iltijo qilsa, Menga yuz burib qabih yo‘llaridan qaytsa, Men osmondan turib ularning iltijolarini eshitaman, gunohlarini kechirib, yurtiga shifo beraman.
shohlik taxtingni abadiy mustahkam qilaman. Shunda otang Dovud bilan tuzgan ahdim, unga: “Sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroilda hukmronlik qiladi” deb aytgan gaplarim amalga oshadi.
seni O‘zim bergan yurtdan qo‘porib tashlayman. Ulug‘lanishim uchun muqaddas qilgan bu uyni tark etaman. Ana o‘shanda bu uy hammaning og‘zida duv–duv gap bo‘ladi, hamma xalqlar uyimni masxara qiladi.
Hozir ajoyib bo‘lib turgan uyning yonidan o‘tganlar dahshatga tushadilar: — Nimaga ularning Egasi bu yurtni va bu uyni mana shu ahvolga soldi ekan–a? — deydigan bo‘ladilar.
So‘ng yana o‘zlari shunday xulosa chiqaradilar: — E–ha, ular ota–bobolarini Misr yurtidan olib chiqqan, Egasi Xudodan yuz o‘girdilar–ku! Boshqa xudolarga ergashib, o‘sha xudolarga topinib, xizmat etdilar–ku! Qilmishlariga yarasha o‘zlarining Egasi ularning boshiga shu ko‘rgiliklarni solibdi–da.”