[1-2] Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi o‘z shaharlariga qaytib kelib, o‘rnashdilar. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Sarayo, Raliyo, Mordaxay, Bilshon, Mispar, Big‘vay, Raxum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar. Asirlikdan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:
Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Adon va Immar shaharlaridan kelgan edilar, lekin o‘zlarining urug‘boshisi Isroil avlodiga mansubligini isbotlay olmasdilar:
[61-62] Quyidagi ruhoniylar urug‘lari o‘z nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakko‘z va Borzulay urug‘lari (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan bo‘lib, bu urug‘ o‘sha ayolning urug‘i nomi bilan yuritilar edi). Shu sababdan xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar.
Yahudo hokimi ularga shunday dedi: “Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim orqali ruhoniy ekanligingizni so‘rab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.”
Asirlar jamoasi Quddusga — Egamiz uyining vayronalari oldiga kelishdi. Shu zahoti, ba’zi urug‘boshilar Xudoning uyini oldingi o‘rnida qayta tiklash uchun ko‘ngildan chiqarib nazrlar keltirdilar.
Ruhoniylar, levilar, qo‘shiqchilar, Ma’bad darvozabonlari, Ma’bad xizmatkorlari va xalqdan bir qanchasi Quddusga hamda uning atrofidagi shaharlarga o‘rnashib oldilar. Isroil xalqining qolganlari esa o‘z shaharlariga borib joylashdilar.