Sanballat, To‘viyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib bo‘lganimni, devorda bironta ham o‘pirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali o‘rnashtirib bo‘lmagan edim.
Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Ono‘ tekisligidagi qishloqlardan birida uchrashaylik”, deb xabar jo‘natishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar.
Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish to‘xtab qoladi!”
Maktub shunday yozilgan edi: “Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim ham o‘sha gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi bo‘lib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi bo‘lishni mo‘ljallayotgan ekansan.
Sen Quddusda payg‘ambarlar tayinlabsan. Payg‘ambarlar: “ Yahudoning shohi bor”, deb sen to‘g‘ringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–so‘zlar albatta shohning qulog‘iga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”
Ular bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, “Shunday qilsak, ularning qo‘llari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay qolib ketadi”, deb o‘ylagan edilar. Shuning uchun, men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.
Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning o‘g‘li Shamayonikiga bordim. U uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi: Kel, Xudoning uyida uchrashaylik, Muqaddas xonasiga kirib olaylik, Eshiklarini berkitib qo‘yaylik. Axir, dushmanlaring seni o‘ldirgani kelyaptilar, Shu kecha joningga qasd qilmoqchi bo‘lyaptilar.
— Lekin men shunday javob berdim: — Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatdan ham qutqara olaman, deb o‘ylayapsizmi?! Muqaddas xonaga hecham kirmayman!
Ey Xudoyim! To‘viyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan payg‘ambar ayol Novadiyoning va boshqa payg‘ambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.
Atrofdagi xalqlardan bo‘lgan dushmanlarimiz buni eshitishib, qo‘rqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.
Chunki Yahudo yurtidagi ko‘p odam To‘viyoga sodiq edi, bunga ikkita sabab bor edi: To‘viyoning qaynatasi Orax o‘g‘li Shaxaniyo edi, To‘viyoning o‘g‘li Yoxuxanon esa Barxiyo o‘g‘li Mashullomning qiziga uylangan edi.
O‘sha odamlar mening oldimda To‘viyoning savob ishlaridan gapirishar, o‘z navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. To‘viyo esa meni qo‘rqitish niyatida maktub jo‘natardi.