Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ayub shunday javob berdi: |
| 2 |
| “Men bunday narsalarni ko‘p eshitganman, Qanday noshud yupatuvchisizlar–a! |
| 3 |
| Bu behuda gaplarning oxiri bormi o‘zi?! Shunday gapirishga sizlarni nima undaydi?! |
| 4 |
| Agar sizlar mening o‘rnimda bo‘lganingizda edi, Men ham sizlarday gapirsam bo‘lardi. Boshimni chayqab, Sizlarga qarshi chiroyli so‘zlar aytsam bo‘lardi. |
| 5 |
| Ammo men so‘zlarim bilan sizlarga dalda bergan bo‘lardim. Gaplarim bilan dardingizni yengillashtirardim. |
| 6 |
| Hozir esa, gapirsam ham dardim yengillashmaydi, Gapirmasam ham azoblarim kamaymaydi. |
| 7 |
| Ey, Xudo, Sen meni ezib yubording, Butun oilamni vayron qilding. |
| 8 |
| Yuzimni ajinlar bilan to‘ldirib tashlading. Bular menga qarshi guvoh bo‘ladi. Ozg‘inligim ham ko‘zga tashlanib, Menga qarshi guvohlik beradi. |
| 9 |
| Xudo g‘azab bilan ortimdan quvib, Meni ezib tashladi. Tishlarini g‘ichirlatib, Ko‘zlari bilan teshadi. |
| 10 |
| Meni ko‘rib, odamlarning og‘zilari ochilib qoldi, Ular meni mazax qilib, yuzimga urdilar. To‘dalashib, menga qarshi chiqish uchun yig‘ildilar. |
| 11 |
| Xudo meni betavfiqlar ixtiyoriga tashladi, Fosiqlarning qo‘liga berib qo‘ydi. |
| 12 |
| Men tinchgina yashayotgan edim, U meni parchalab tashladi, Bo‘ynimdan ushlab, meni ezdi. Keyin esa Xudo meni nishon qilib, |
| 13 |
| O‘z kamonlari bilan o‘rab oldi. Rahm–shafqat qilmay, O‘qlari bilan meni ilma–teshik qilib tashladi. Ichak–chovoqlarim yerga to‘kildi. |
| 14 |
| Xudo qayta–qayta menga hujum qildi, Mening ustimga jangchiday bostirib keldi. |
| 15 |
| Qayg‘u–alamdan qanorga burkandim, Qanor xuddi terimga qo‘shib to‘qilganday bo‘lib qoldi, G‘ururim poymol bo‘ldi. |
| 16 |
| Nolayu faryoddan yuzim qizarib, Qovoqlarim qorayib ketgan. |
| 17 |
| Lekin qo‘llarim yovuzlikdan uzoq, Ibodatlarim pokdir. |
| 18 |
| Ey tuproq, mening qonimni yashirma, Mening faryodim yo‘qolib ketmasin. |
| 19 |
| Mana, hozir mening guvohim samodadir, Mening himoyachim yuksakda o‘tiribdi. |
| 20 |
| Do‘stlarim meni mazax qilyapti, Men esa Xudo oldida ko‘z yosh to‘kaman. |
| 21 |
| Qani endi birontasi O‘z yaqini uchun Xudoga iltijo qilganday, Men uchun ham Xudoga yolvorsa. |
| 22 |
| Chunki men ko‘p vaqt o‘tmay Borsa kelmas joyga ketaman. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/016.mp3
42
16