|
| 1 |
|
| Shunda shuvaxlik Bildad javob berdi: |
|
| 2 |
|
| “Qachongacha valdirayverasan–a?! Gapingni o‘ylab gapirgin, keyin suhbatlashamiz. |
|
| 3 |
|
| Nima, bizni mol, deb o‘ylayapsanmi? Yoki bizni go‘l, deb bilyapsanmi? |
|
| 4 |
|
| Jahl bilan o‘zingni jarohatlayapsan. Nima endi, seni deb yer yuzi huvullab qolishi kerakmi?! Yoki qoyalar o‘rnidan qo‘zg‘alishi kerakmi?! |
|
| 5 |
|
| Fosiqlarning chirog‘i albatta o‘chadi, Olovining uchquni yorug‘lik bermaydi. |
|
| 6 |
|
| Chodiridagi yorug‘lik zulmatga aylanadi, Tepasida osilgan chirog‘i o‘chadi. |
|
| 7 |
|
| Sobit qadam fosiqlar endi qoqilib yuradi. O‘zlarining rejalari ularni oyog‘idan oladi. |
|
| 8 |
|
| O‘z oyoqlari ularni tuzoqqa yetaklaydi, O‘zlari chuqurlikka yiqilib tushadi. |
|
| 9 |
|
| Qopqon ularni tovonidan qisib qoladi, To‘r ularni mahkam tutadi. |
|
| 10 |
|
| Yerda fosiqlarga ilmoq tashlangan, Ularning yo‘liga tuzoq qo‘yilgan. |
|
| 11 |
|
| Har tomondan ularni vahima bosib, Har qadamda ortidan quvib yuradi. |
|
| 12 |
|
| Ochlikdan ularning sillalari qurib qoladi, Kulfat ham ularning qoqilishini kutib turadi. |
|
| 13 |
|
| Kasallik ularning terisini kemirib bitiradi, O‘lat ularning oyoq–qo‘llarini chiritib yuboradi. |
|
| 14 |
|
| Panohlari bo‘lgan chodirlaridan ularni sug‘urib olib, O‘liklar diyori shohining oldiga olib kelishadi. |
|
| 15 |
|
| Fosiqlarning chodirlaridan hech narsa qolmaydi, Ular yashagan joy oltingugurt bilan qoplanadi. |
|
| 16 |
|
| Ularning ildizlari qurib qoladi, Novdalari ham so‘lib qoladi. |
|
| 17 |
|
| Yer yuzidan ularning xotirasi o‘chib ketadi, Ko‘chalarda ulardan nom–nishon ham qolmaydi. |
|
| 18 |
|
| Ular yorug‘likdan zulmatga haydaladilar, Ha, bu dunyodan quvib chiqariladilar. |
|
| 19 |
|
| Xalqi orasida ulardan avlod–zurriyot qolmaydi, Ular yashagan joylar kimsasiz bo‘lib qoladi. |
|
| 20 |
|
| Ularning taqdiridan g‘arbdagilar dahshatga tushadi, Sharqdagilarni esa vahima bosadi. |
|
| 21 |
|
| Ha, yovuzlarning maskani shu ahvolga tushib qoladi, Xudosizlarning joyi shunday bo‘lib qoladi. |
|
|
: |
| 1 | | 2 | | 3 | | 4 | | 5 | | 6 | | 7 | | 8 | | 9 | | 10 | | 11 | | 12 | | 13 | | 14 | | 15 | | 16 | | 17 | | 18 | | 19 | | 20 | | 21 | 1
1
1 |
|
|---|
|
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/018.mp3
42
18