|
| 1 |
|
| Shunda Ayub yana gapirdi: |
|
| 2 |
|
| “Bugun ham achchiq shikoyat qilaman, Oh–vohdan o‘zimni tuta olmayman. |
|
| 3 |
|
| Qaniydi, Xudoni qayerdan topishni bilsam, Taxti oldiga borgan bo‘lardim! |
|
| 4 |
|
| Uning oldiga barcha arzlarimni yoyib, O‘z da’volarimni aytgan bo‘lardim. |
|
| 5 |
|
| O‘shanda Uning javobini tinglagan bo‘lardim, Uning menga aytganlarini tushungan bo‘lardim. |
|
| 6 |
|
| U buyuk qudrati bilan menga qarshi chiqarmidi? Yo‘q, U menga quloq tutgan bo‘lardi. |
|
| 7 |
|
| Ha, solih inson Unga kelib, arzini ayta oladi. O‘z Hakamim meni bir umrga oqlaydi. |
|
| 8 |
|
| Sharqqa borsam, Xudo yo‘qdir, G‘arbga borib ham Uni topolmayman. |
|
| 9 |
|
| Shimolda biror ish qilsa, men Uni ko‘rolmayman, Janub tomon burilsa ham Uni topolmayman. |
|
| 10 |
|
| U esa mening yurgan yo‘limni biladi, U meni sinagandan keyin sof tilladay bo‘laman. |
|
| 11 |
|
| Men faqat Xudoning yo‘lidan yurdim, Uning yo‘lini tutdim, chetga og‘madim. |
|
| 12 |
|
| U bergan amrlardan chetga chiqmadim, Kundalik rizqimdan ham ko‘ra Uning so‘zlarini qimmatli bildim. |
|
| 13 |
|
| Xudo qarorida qat’iy turadi, Kim Uning fikrini o‘zgartira oladi?! U nima xohlasa, shuni qiladi. |
|
| 14 |
|
| Menga qarshi tuzgan rejalarini U oxirigacha bajaradi, Uning bunday rejalari hali ko‘p. |
|
| 15 |
|
| Shuning uchun Uning huzurida qo‘rquvga tushaman, Bu haqda o‘ylasam, meni vahima bosadi. |
|
| 16 |
|
| Xudo meni jur’atsiz qilib qo‘ydi, Qodir Xudo meni dahshatga solib qo‘ydi. |
|
| 17 |
|
| Ammo yuzimni qoplagan tim qorong‘ilik, Zulmat mening ovozimni o‘chira olmadi. |
|
|
: |
| 1 | | 2 | | 3 | | 4 | | 5 | | 6 | | 7 | | 8 | | 9 | | 10 | | 11 | | 12 | | 13 | | 14 | | 15 | | 16 | | 17 | 1
1
1 |
|
|---|
|
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/023.mp3
42
23