Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ayub shunday deb javob berdi: |
| 2 |
| “Ojizga bergan yordaming shumi? Kuchsizga shunday madad kerakmi?! |
| 3 |
| Aqlsizga ja o‘rgatib qo‘yding–a! Bergan maslahatlaring biram ma’noliki! |
| 4 |
| Kim o‘rgatdi o‘zi senga bu dono gaplarni?! Sen orqali kimning ruhi gapirgan o‘zi?! |
| 5 |
| Suvlar ostidagi o‘liklar diyorida Marhumlarning ruhi qaltiraydi. |
| 6 |
| Xudoning oldida o‘liklar diyori ochiqdir, Halokat diyorining ham yopinchig‘i yo‘q. |
| 7 |
| Xudo bo‘shliq ustiga samoni yoydi, Yerni esa bo‘shliqqa osib qo‘ydi. |
| 8 |
| Xudo bulutlarni yomg‘ir suviga to‘ldiradi, Bulutlar esa suvning og‘irligidan yirtilib ketmaydi. |
| 9 |
| Xudo to‘lin oyning yuzini yashirib, Bulutlar bilan o‘rab qo‘yadi. |
| 10 |
| Xudo ufqni bepoyon ummon uzra yoyib, Yorug‘lik va qorong‘ilik orasiga chegara qo‘ydi. |
| 11 |
| Xudo samoning ustunlariga do‘q qilsa, Ular qo‘rquvdan qaltirab tebranadi. |
| 12 |
| Xudo O‘z qudrati bilan dengizni mag‘lub qildi, O‘z zakovati bilan maxluq Rahobni halok qildi. |
| 13 |
| O‘z nafasi bilan bulutlarni haydab, Moviy osmonni ochdi. Uning qudrati qochayotgan ilonni ezib tashladi. |
| 14 |
| Bular Xudo qilgan ishlarning kichik bir parchasidir, Xuddi pichirlab aytilgan gapga o‘xshaydi! Shunday ekan, agar Uning qudrati Momoqaldiroqday gumburlasa, kim tushuna oladi? |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/026.mp3
42
26