|
| 1 |
|
| Ey Ayub, endi mening so‘zlarimni eshiting, Hamma gaplarimga quloq soling. |
|
| 2 |
|
| Men hozir gapirishga tayyorman. So‘zlarim tilimda tizilib turibdi. |
|
| 3 |
|
| So‘zlarim pok ko‘nglimdan chiqadi, Chin dildan gapiraman. |
|
| 4 |
|
| Meni Xudoning Ruhi yaratgan, Qodir Xudoning nafasi menga hayot berib turibdi. |
|
| 5 |
|
| Agar qo‘lingizdan kelsa, menga javob bering–chi, O‘zingizni himoya qilib ko‘ring–chi! |
|
| 6 |
|
| Xudoning oldida siz ham, men ham birmiz, Men ham tuproqdan yaralganman. |
|
| 7 |
|
| Mendan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, Sizga hech zulm o‘tkazmayman. |
|
| 8 |
|
| Gaplaringizni o‘z qulog‘im bilan eshitdim, Quyidagi so‘zlarni oldimda aytgansiz: |
|
| 9 |
|
| “Men pokman, aybsizman, Top–tozaman, menda hech bir ayb yo‘q. |
|
| 10 |
|
| Xudo esa menga qarshi chiqishga bahona qidiryapti, Meni O‘z dushmanlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. |
|
| 11 |
|
| Oyoqlarimni zanjirband qildi, Yurgan yo‘limni kuzatib turadi.” |
|
| 12 |
|
| Ayub, mana shu borada siz nohaqsiz. Men sizga shuni aytay: Xudo butun odamzoddan ulug‘roqdir. |
|
| 13 |
|
| Shunday ekan, nimaga U bilan da’volashyapsiz? Nima uchun, Xudo menga javob bermaydi, deysiz? |
|
| 14 |
|
| Xudo qayta–qayta gapiradi. Shunda ham odamlar tushunmaydi. |
|
| 15 |
|
| Odamlar chuqur uyquga ketganda, O‘rinlarida uxlab yotganda, Tushlar, tungi vahiylar orqali |
|
| 16 |
|
| Xudo ularning quloqlariga gapiradi, O‘z ogohlantirishlari bilan ularni qo‘rqitadi. |
|
| 17 |
|
| Inson gunohlaridan qaytsin, Odamzod takabbur bo‘lmasin, deb bu so‘zlarni aytadi. |
|
| 18 |
|
| O‘sha ogohlantirishlar odamlarni qabrdan saqlaydi, O‘lim daryosidan qutqaradi. |
|
| 19 |
|
| Xudo insonlarga dardu og‘riq berib, Odamlarning suyaklarini zirqiratib, tarbiyalaydi. |
|
| 20 |
|
| Shunda ular nonga ham qaray olmaydigan bo‘lib qoladi. Hatto eng shirin ovqatlar ham ko‘nglini aynitadi. |
|
| 21 |
|
| Ular ozib–to‘zib ketadi, faqat terisi qoladi. Oldin ko‘rinmagan suyaklari endi turtib chiqadi. |
|
| 22 |
|
| Ana, ular qabrga yaqinlashib qoldi. O‘lim ularning jonini poylab turibdi. |
|
| 23 |
|
| Lekin shu paytda insonning himoyachisi bo‘lsa, Minglarga qarshi chiqib, O‘sha insonni solih, deb tasdiqlaydigan bir himoyachisi |
|
| 24 |
|
| O‘sha insonga rahm qilib: “Ey Xudoyim, uni qabrdan qutqargin, Bu insonning joni evaziga to‘lov topdim”, desa, |
|
| 25 |
|
| O‘sha insonning tanasi yosh bolaniki kabi yangilanadi, Yoshligidagi kabi yana kuchga to‘ladi. |
|
| 26 |
|
| O‘sha inson Xudoga ibodat qiladi, Xudo esa uni qabul qiladi. Xudoning huzuriga u shodlik bilan kiradi, Chunki Xudo uni solihlik yo‘liga qaytaradi. |
|
| 27 |
|
| O‘sha inson kelib, boshqalarga shunday deydi: “Mana, men to‘g‘ri yo‘ldan yurmasdan, Gunoh qilgan edim, Lekin men o‘zimga loyiq jazoni olmadim. |
|
| 28 |
|
| Xudo jonimni qabrdan qutqarib qoldi. Endi mening hayotim yorug‘ kunlarga to‘la!” |
|
| 29 |
|
| Ha, Xudo odamzodga shunday qiladi, Bir emas, ikki emas, ko‘p marta takrorlaydi. |
|
| 30 |
|
| Insonlarni qabrdan saqlash uchun, Hayot nuri ularning yo‘llarini yoritsin, deb shunday qiladi. |
|
| 31 |
|
| Ey Ayub, diqqat qiling, menga quloq soling, Jim turing, men gapiray. |
|
| 32 |
|
| Agar biror gapingiz bo‘lsa, menga javob bering. Gapiravering, chunki oqlanishingizni xohlayman. |
|
| 33 |
|
| Lekin gapingiz bo‘lmasa, menga quloq soling, Sukut saqlang, men sizga donolikni o‘rgatay. |
|
|
|
|