|
| 1 |
|
| Elixu gapida davom etib shunday dedi: |
|
| 2 |
|
| “Yana bir oz sabr qiling, men sizlarga ko‘rsatay, Xudo tomonida turib gapiradigan gaplarim bor hali. |
|
| 3 |
|
| Mening bilimim juda ko‘p, Meni Yaratganning odil ekanligini sizlarga ko‘rsataman. |
|
| 4 |
|
| Rostini aytaman, so‘zlarim yolg‘on emas. Mana men, bilimi barkamol inson sizning oldingizdaman. |
|
| 5 |
|
| Xudo qudratlidir, Ammo U insonlardan nafratlanmaydi, Xudo qudratli va barqarordir. |
|
| 6 |
|
| Fosiqlarning yashashiga Xudo yo‘l qo‘ymaydi, Ezilganlarga esa adolat qiladi. |
|
| 7 |
|
| Solihlardan yuz o‘girmaydi, Solihlarni shohlar bilan birga taxtga chiqaradi, Ularni to abad yuksaltiradi. |
|
| 8 |
|
| Agar insonlar zanjirband bo‘lsa, Azob ularni iskanjaga olgan bo‘lsa, |
|
| 9 |
|
| Xudo ularning qilmishlariniyu gunohlarini o‘zlariga ko‘rsatadi, Ular mag‘rurlanib ketganlarini oshkor qiladi. |
|
| 10 |
|
| Yo‘l–yo‘riqlarini tinglashga majbur qiladi, Yovuzlikdan qaytishga amr qiladi. |
|
| 11 |
|
| Agar ular itoat etib, Xudoga xizmat qilsalar, Qolgan umrlarini farovonlikda o‘tkazadilar, Hayotlari rohatda o‘tadi. |
|
| 12 |
|
| Ammo itoat etmasalar, Ular o‘lim daryosiga g‘arq bo‘ladilar, Aql–idrokka erishmay, olamdan o‘tadilar. |
|
| 13 |
|
| Xudosizlar alamini ichiga yutib yuraveradilar, Xudo ularni kishanlasa ham yordam so‘ramaydilar. |
|
| 14 |
|
| Ular sajdagohlardagi fahshbozlar orasida, Yoshliklaridayoq vafot etadilar. |
|
| 15 |
|
| Xudo qiynalganlarni o‘sha azoblari orqali qutqaradi, Zulm va jabr–jafoga mubtalo qilib, ularning ko‘zlarini ochadi. |
|
| 16 |
|
| Xudo sizni ham darddan ozod qilib, Cheklanmagan kenglikka olib chiqadi, Dasturxoningiz noz–ne’matlar bilan to‘ladi. |
|
| 17 |
|
| Ammo siz hozir fosiqlarni hukm qilish bilan ovorasiz. Xayolingiz adolat va hukm bilan band. |
|
| 18 |
|
| Ehtiyot bo‘ling, yana birov sizni boylik bilan vasvasaga solmasin, Katta poralar sizni yo‘ldan urmasin. |
|
| 19 |
|
| Boyliklaringiz sizni kulfatdan qutqara olarmidi?! Qudratu–kuchingiz endi sizga yordam bera olarmidi?! |
|
| 20 |
|
| Tunni kutavermang, Axir, xalqlar kechasi yo‘q bo‘lib ketadilar–ku! |
|
| 21 |
|
| Hushyor bo‘ling! Fosiqlikka yuz burmang, Axir, dard sizni fosiqlikdan saqlash uchun yuborilgan–ku. |
|
| 22 |
|
| Xudo O‘z qudrati tufayli yuksakdir! Unga o‘xshash ustoz bormi? |
|
| 23 |
|
| Kim Xudoga yo‘l ko‘rsata olardi?! Kim Unga: “Qilganlaring noto‘g‘ri”, deya oladi?! |
|
| 24 |
|
| Xudo qilgan ishlari uchun Insonlar Uni madh qiladilar, Siz ham doimo ularga jo‘r bo‘ling. |
|
| 25 |
|
| Butun inson zoti Uning ishlarini ko‘rgan, Hamma uzoqdan turib kuzatadi. |
|
| 26 |
|
| Xudo qanchalar buyuk! Uning buyukligiga aqlimiz yetmaydi, Xudoning umrini hisoblaydigan sonning o‘zi yo‘q. |
|
| 27 |
|
| U suv tomchilarini yig‘ib, Ularni yomg‘irga aylantiradi. |
|
| 28 |
|
| Bulutlardan yomg‘ir yog‘diradi, Odamzod bundan bahramand bo‘ladi. |
|
| 29 |
|
| Xudo qanday qilib bulutlarni yurg‘izishini Yoki O‘z maskanidan turib, momaqaldiroqni qanday gumburlatishini Kim ham tushuna oladi? |
|
| 30 |
|
| Mana, qaranglar, Xudo shunday chaqmoq chaqtiradiki, Hatto dengiz tubi ham yorishib ketadi. |
|
| 31 |
|
| Xudo O‘z qudratli ishlari bilan xalqlarni boshqaradi, Ularga farovonlik ato qiladi. |
|
| 32 |
|
| Chaqmoqni qo‘liga olib, Belgilagan joyiga borib urishni amr qiladi. |
|
| 33 |
|
| Bo‘ron kelayotganini momaqaldiroq bildirib turadi, Hatto chorva ham oldindan sezadi. |
|
|
: |
| 1 | | 2 | | 3 | | 4 | | 5 | | 6 | | 7 | | 8 | | 9 | | 10 | | 11 | | 12 | | 13 | | 14 | | 15 | | 16 | | 17 | | 18 | | 19 | | 20 | | 21 | | 22 | | 23 | | 24 | | 25 | | 26 | | 27 | | 28 | | 29 | | 30 | | 31 | | 32 | | 33 | 1
1
1 |
|
|---|
|
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/036.mp3
42
36