|
| 1 |
|
| Shundan keyin Egamiz quyun orasidan gapirib, Ayubga shunday dedi: |
|
| 2 |
|
| Qani, erkakka o‘xshab belingni bog‘la, Seni so‘roq qilaman, javob ber–chi. |
|
| 3 |
|
| Sen Meni adolatsizlikda ayblamoqchimisan? Meni hukm qilib, o‘zingni oqlamoqchimisan? |
|
| 4 |
|
| Sening qo‘ling Xudoning qo‘liday qudratlimi? Uning ovoziga o‘xshab gumburlaydigan ovozing bormi? |
|
| 5 |
|
| Shunday bo‘lsa, qani, o‘zingni shonli dabdabaga o‘ragin–chi, Ulug‘vorlik va salobat bilan burkangin–chi. |
|
| 6 |
|
| G‘azabingni to‘kib soch, Hamma takabbur insonlarga nazar solgin–da, Ularning popugini pasaytirib qo‘y. |
|
| 7 |
|
| Ha, barcha mag‘rur insonlarga qaragin–da, Ularni yer bilan bitta qil. Fosiqlarni turgan joyida ezib tashla. |
|
| 8 |
|
| Hammasini tuproqqa ko‘mib tashla, Ha, yuziga tuproq tortib, qabrni yop. |
|
| 9 |
|
| Shunda Men senga tan beraman, O‘z kuching bilan najot topa olarkansan, deyman. |
|
| 10 |
|
| Begemotga qaragin, Xuddi seni yaratganimday uni ham Men yaratganman, U ho‘kizga o‘xshab o‘t yeydi. |
|
| 11 |
|
| Uning belida kuchi ko‘p, Qorin mushaklari kuchga to‘la. |
|
| 12 |
|
| Dumi sadr daraxtiday kuchli, Son mushaklari juda ham baquvvat. |
|
| 13 |
|
| Uning suyaklari bronzadan yasalgan novlarday, Qo‘l–oyoqlari temirday mustahkam. |
|
| 14 |
|
| Men yaratgan jonivorlar orasida u eng ajoyibidir, Yaratganning O‘zigina unga bas kela oladi. |
|
| 15 |
|
| Yovvoyi hayvonlar o‘ynab yuradigan qirlar Unga oziq beradi. |
|
| 16 |
|
| U xalqoblardagi qamishlar orasida, Nilufar gullari tagida yotadi. |
|
| 17 |
|
| U nilufar gullarining soyasida yotadi, Irmoq bo‘yidagi tollar uni o‘rab oladi. |
|
| 18 |
|
| Daryo jo‘shib oqsa ham u qo‘rqmaydi, Iordan daryosining to‘lqinlari yuziga urilsa ham U bexavotir turaveradi. |
|
| 19 |
|
| Birov uning ko‘zlarini ko‘r qilib, ushlay oladimi?! Ilmoq bilan burnini teshib tuta oladimi?! |
|
| 20 |
|
| Maxluq Levitanni baliq singari, Ilmoq bilan ushlay olasanmi?! Tilini arqon bilan bog‘lay olasanmi?! |
|
| 21 |
|
| Burnidan arqon o‘tkazib, Jag‘ini ilmoq bilan tesha olasanmi?! |
|
| 22 |
|
| O‘sha maxluq qayta–qayta sendan rahm–shafqat tilaydimi?! Xo‘sh, u senga mayin so‘zlar bilan gapiradimi?! |
|
| 23 |
|
| Sen bilan ahd tuzib, Bir umrga quling bo‘lib qoladimi? |
|
| 24 |
|
| Qush bilan o‘ynaganday u bilan o‘ynay olasanmi? Yoki qizlaring uchun uni bog‘lab bera olasanmi? |
|
| 25 |
|
| Baliqchilar uning uchun savdolashadimi?! Savdogarlarga uni bo‘lib beradimi?! |
|
| 26 |
|
| Uning terisini nayza bilan tesha olasanmi? Boshini baliqchilarning sanchqisi bilan yora olasanmi? |
|
| 27 |
|
| Agar unga qo‘l tekkizsang, Bir umrga pushaymon bo‘lasan! Ikkinchi qo‘l tekkizmaydigan bo‘lasan. |
|
|
|
|