|
| 1 |
|
| Shundan keyin Ayub yana gapirdi: |
|
| 2 |
|
| “Qani endi, qayg‘ularimni o‘lchashning iloji bo‘lsa edi, Mening kulfatlarim tarozida tortib ko‘rilsa edi. |
|
| 3 |
|
| Ular dengiz qumlaridan ham og‘irroq chiqqan bo‘lar edi. Shuning uchun ham o‘poq–so‘poq gaplar aytdim. |
|
| 4 |
|
| Qodir Xudo otgan nayzalar tanamdadir, Ruhim ularning zahridan ichmoqda. Xudoning barcha dahshatlari menga qarshi tayyorlangan. |
|
| 5 |
|
| Asov eshak o‘t yo‘qligida hangraydi–ku! Ho‘kiz ham ohurida yem bo‘lmasa bo‘kiradi–ku! |
|
| 6 |
|
| Tuzsiz ovqatni yeb bo‘lmaydi–ku! Pishirilmagan tuxum oqi axir, naqadar bemaza! |
|
| 7 |
|
| Ularni ko‘rib ishtaham yo‘qoladi. Ularni yeyishni o‘ylasam ko‘nglim ayniydi. |
|
| 8 |
|
| Qani endi, tilagim bajo bo‘lsa edi, Xudo niyatimni bajo keltirsa edi! |
|
| 9 |
|
| Qani endi, Xudo meni ezib tashlashga rozi bo‘lsa edi, Qo‘liga erk berib, jonimni olsa edi. |
|
| 10 |
|
| Ana o‘shanda men tasalli topgan bo‘lardim, Hatto og‘riqlarimga qaramay quvongan bo‘lardim, Chunki Muqaddas Xudoning so‘zlarini men rad qilganim yo‘q. |
|
| 11 |
|
| Qachongacha kutaman axir, kuchim yetarmikan?! Oxiri nima bo‘ladi o‘zi? Nima uchun sabr–toqat qilishim kerak?! |
|
| 12 |
|
| Men toshday qattiq emasman–ku! Mening tanam temirdan emas–ku! |
|
| 13 |
|
| Yo‘q, o‘zimga o‘zim yordam berolmayman, Hech bir chora–ilojim yo‘q. |
|
| 14 |
|
| Qayg‘u–alam tortayotgan inson Qodir Xudodan qo‘rqishni rad qilgan bo‘lsa ham, O‘sha insonga sodiq do‘stlar kerak. |
|
| 15 |
|
| Ammo do‘stlarimga ham ishonib bo‘lmaydi, Ular oqib o‘tib ketadigan irmoqlardaydir. |
|
| 16 |
|
| O‘sha irmoqlar muzu qor eriganda toshib oqadi, |
|
| 17 |
|
| Issiq havoda esa ular qurib qoladi, Kun qiziganda g‘oyib bo‘ladi. |
|
| 18 |
|
| Karvonlar bu irmoqlarni qidirib, Yo‘llaridan adashib ketadilar. Yurib–yurib, cho‘lda halok bo‘ladilar. |
|
| 19 |
|
| Temo yurtining karvonlari ham suv qidirib keladilar, Shava yurtidan kelganlar ham suvga umid qiladilar. |
|
| 20 |
|
| Ammo o‘sha irmoqlarga ishonganlar tushkunlikka tushadilar, U yerga borib, gangib qoladilar. |
|
| 21 |
|
| Sizlar ham men uchun xuddi o‘sha irmoqlardaysizlar. Kulfatimni ko‘rib turib, vahimaga tushyapsizlar. |
|
| 22 |
|
| Sizlardan biron narsa so‘radimmi?! Yoki boyligingizdan berib, meni qutqaringlar, deb aytdimmi?! |
|
| 23 |
|
| Dushmanlarimning qo‘lidan qutqaringlar, dedimmi?! Yoki zo‘ravonlardan meni xalos qilinglar, deb so‘radimmi?! |
|
| 24 |
|
| Menga o‘rgatinglar, mayli jim turaman. Qanday noto‘g‘ri ish qilganimni tushuntirib beringlar. |
|
| 25 |
|
| Haqiqat so‘zlari naqadar achchiq! Lekin gaplaringiz nimani isbotlyapti? |
|
| 26 |
|
| Meni behuda gaplarni aytyapti, deb o‘ylaysiz. Shunday ekan, nimaga tushkunlikda aytganlarimga javob qaytarasiz?! |
|
| 27 |
|
| Sizlar hatto yetimlar uchun qur’a tashlagan bo‘lardingiz. Do‘stingiz ustidan savdolashib, uni sotgan bo‘lardingiz. |
|
| 28 |
|
| Endi marhamat qilib menga qaranglar, Men sizlarga yolg‘on gapirmayman. |
|
| 29 |
|
| Bas endi, nohaqlik qilmang. Axir, mening aybim yo‘q–ku! |
|
| 30 |
|
| Yo gapimda biror nohaqlik bormi? Tilim yovuzlikning ta’mini ajrata bilmaydimi?! |
|
|
: |
| 1 | | 2 | | 3 | | 4 | | 5 | | 6 | | 7 | | 8 | | 9 | | 10 | | 11 | | 12 | | 13 | | 14 | | 15 | | 16 | | 17 | | 18 | | 19 | | 20 | | 21 | | 22 | | 23 | | 24 | | 25 | | 26 | | 27 | | 28 | | 29 | | 30 | 1
1
1 |
|
|---|
|
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/job/006.mp3
42
6