|
| 1 |
|
| Shuvaxlik Bildad Ayubga shunday dedi: |
|
| 2 |
|
| “Qachongacha shunday gaplarni gapirasan? Og‘zingdan chiqqan so‘zlar shamolga o‘xshaydi–ya! |
|
| 3 |
|
| Xudo adolatga xiyonat qiladimi? Qodir Xudo haqiqatning yo‘lini to‘sadimi? |
|
| 4 |
|
| Farzandlaring Unga qarshi gunoh qilgan bo‘lsa, Xudo ularni gunohlari uchun jazoladi. |
|
| 5 |
|
| Xudoga yuz burgin, Qodir Xudoga yolvorgin. |
|
| 6 |
|
| Agar pok va solih bo‘lsang, Albatta U senga qo‘lini uzatib, Seni o‘z haqqoniy joyingga qaytaradi. |
|
| 7 |
|
| Oxiri shunchalik farovon bo‘lasanki, Avvalgi holating nochorday tuyuladi. |
|
| 8 |
|
| Ana, o‘tib ketganlarga qaragin, Ajdodlarimizning qilganlariga e’tibor bergin. |
|
| 9 |
|
| Axir, biz kechagina tug‘ilganmiz, hech narsa bilmaymiz, Hayotimiz ham soyadek o‘tib ketadi. |
|
| 10 |
|
| Ajdodlarimiz senga muallim bo‘ladi, Ularning aql–zakovatidan saboq ol. |
|
| 11 |
|
| To‘qayzor bo‘lmasa qamish o‘sadimi?! Suv bo‘lmagan joyda qamish bo‘y cho‘zadimi?! |
|
| 12 |
|
| Qamishlar hali ko‘karib turgan paytdayoq, Kesilishga tayyor bo‘lmay turib, Hamma o‘tlardan oldin so‘lib qoladi. |
|
| 13 |
|
| Ha, Xudoni unutganlar ham shu ko‘yga tushadi, Betavfiqlarning umidi puchga chiqadi. |
|
| 14 |
|
| Ular umid bog‘lagan narsalar juda mo‘rtdir, Ular ishongan narsalar o‘rgimchakning to‘rlaridaydir. |
|
| 15 |
|
| Ular o‘z uyiga suyanadilar, ammo uy buzilib ketadi. Uyini mahkam ushlaydilar, lekin uy bardosh bermaydi. |
|
| 16 |
|
| Fosiqlar yaxshi sug‘orilgan, Quyosh nuri ostida o‘sayotgan butaga o‘xshaydilar, Novdalari butun bog‘ bo‘ylab yoyilib ketgan. |
|
| 17 |
|
| Ildizlari toshlarga chirmashib, O‘sha yerdan o‘ziga joy qidiradi. |
|
| 18 |
|
| Lekin ildiz yulib tashlanganda, O‘sgan joyi ham bilinmaydi. |
|
| 19 |
|
| Ha, fosiqlarning shodligi uzoqqa cho‘zilmaydi, Boshqalar chiqib, ularning o‘rnini oladi. |
|
| 20 |
|
| Aybsiz kishini Xudo hech rad qilmaydi, Yovuzlarga esa yordam qo‘lini uzatmaydi. |
|
| 21 |
|
| U hali og‘zingni kulgi bilan to‘ldiradi, Lablaringdan esa shodlik sadosini yangratadi. |
|
| 22 |
|
| Sendan nafratlanganlar uyatga qoladilar, Fosiqlarning chodiri vayron bo‘ladi. |
|
|
|
|