|
| 1 |
|
| Ayub javob berib, shunday dedi: |
|
| 2 |
|
| “Ha, bilaman, aytganlaringning hammasi to‘g‘ri, Lekin qanday qilib inson Xudoning nazarida haq bo‘la oladi? |
|
| 3 |
|
| Agar biror inson Xudo bilan bahsga kirishsa, U Xudoning mingta savolidan bittasiga ham javob bera olmasdi. |
|
| 4 |
|
| Ha, Xudo dono va qudratlidir, Kim Xudoga qarshi chiqib, Undan ustun bo‘lgan?! |
|
| 5 |
|
| Xudo ogohlantirmay tog‘larni ag‘daradi, G‘azab alangasida ularni yiqitadi. |
|
| 6 |
|
| Yerni joyidan qo‘zg‘atib, silkitadi, Zamin ustunlarini titratadi. |
|
| 7 |
|
| Quyoshga amr bersa, u nur sochmaydi, Yulduzlarning nurini o‘chirishga qodir Xudo U. |
|
| 8 |
|
| Uning O‘zi samoni yoygan, Dengiz to‘lqinlarini toptab yuradi. |
|
| 9 |
|
| Hulkar yulduzini, Katta ayiq burji va Parvin yulduzlarini, Butun janubdagi yulduz turkumlarini yaratgan Xudodir U. |
|
| 10 |
|
| Inson aqli bovar qilmaydigan buyuk ishlar qiladi Xudo, U qilgan mo‘jizalarning son–sanog‘i yo‘qdir. |
|
| 11 |
|
| U yonginamdan o‘tib ketsa ham, Men Uni ko‘ra olmayman. O‘z yo‘lida davom etib ketaveradi, Uning o‘tganini payqamay qolaman. |
|
| 12 |
|
| U olib qo‘yaman, desa, kim to‘xtata oladi?! Kim Undan: “Nima qilyapsan?” deb so‘ray oladi?! |
|
| 13 |
|
| Xudo O‘z g‘azabini tutib turmaydi, Hatto maxluq Rahob yordamchilari Uning oyog‘i ostida qaltiraydi. |
|
| 14 |
|
| Men kim bo‘libmanki, Unga javob bera olsam, U bilan bahslashish uchun kerakli so‘zlar tilimga kelsa?! |
|
| 15 |
|
| Aybsiz bo‘lsam ham, Unga javob bera olmagan bo‘lardim, Hakamdan faqat rahm–shafqat tilagan bo‘lardim. |
|
| 16 |
|
| Agar Uni chaqirsam, U menga javob bersa ham, Gaplarimga quloq solishiga ishonmayman. |
|
| 17 |
|
| Xudo bo‘ron chaqirib, meni ezmoqda, Hech bir sababsiz yaralarimni ko‘paytirmoqda. |
|
| 18 |
|
| Nafasimni rostlab olishga ham imkon bermayapti, Yuragimni qayg‘uga to‘ldiryapti. |
|
| 19 |
|
| Agar kuch sinalsa, albatta U eng kuchlisi bo‘lib chiqadi. Odillik masalasida esa kim Uni mahkamaga chaqirib keladi?! |
|
| 20 |
|
| Gunohsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni aybdor, deb topadi, Aybsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni egri, deb hukm qiladi. |
|
| 21 |
|
| Aybsizman, ammo menga baribir, O‘z hayotimdan nafratlanyapman. |
|
| 22 |
|
| Eh, hammasi baribir ekan, shuning uchun ham: “U aybsizni ham, fosiqni ham halok qiladi”, deb aytaman. |
|
| 23 |
|
| Kulfat kutilmaganda odamga o‘lim keltirsa, Aybsizning boshiga tushgan ofatdan Xudo kuladi. |
|
| 24 |
|
| Butun yer yuzi fosiqlar qo‘lida, Xudo hakamlarning ko‘zlarini bog‘lab qo‘ygan. Agar U bog‘lamagan bo‘lsa, Yana kim bog‘lagan bo‘lishi mumkin?! |
|
| 25 |
|
| Hayotim chopog‘on kishidan ham tezroq o‘tib ketadi. Shunchalik tezki, hech farog‘at ko‘rmay o‘tib ketaman. |
|
| 26 |
|
| Umrim tez suzadigan qayiqlarday ko‘zga ko‘rinmay ketadi, O‘z o‘ljasiga tashlangan burgutday tezdir. |
|
| 27 |
|
| “Endi hech nolimayman, Qayg‘uli chehram yorishsin, Xursand bo‘lay”, degim keladi, |
|
| 28 |
|
| Lekin yanada ko‘proq keladigan g‘am–alamdan qo‘rqaman. Axir, Sen meni aybsiz hisoblamaysan. |
|
| 29 |
|
| Modomiki, aybdor ekanman, Harakat qilishimdan nima foyda bor? |
|
| 30 |
|
| Qor suvida cho‘milib, Qo‘llarimni sovun bilan yuvsam–da, |
|
| 31 |
|
| Ey Xudo, Sen meni loy chuqurga tashlaysan, Hatto kiyimlarim ham mendan nafratlanadi. |
|
| 32 |
|
| Xudo inson emaski, men U bilan bahslashsam, Men bilan da’volashgin, deb Uni chaqirsam. |
|
| 33 |
|
| Ikkimiz oramizda hakam yo‘qki, Bizni ajrim qilsa. |
|
| 34 |
|
| Hakam bo‘lganda, Xudoning tayog‘ini ustimdan olib tashlagan bo‘lardi, O‘shanda Xudo meni boshqa dahshatga solmasdi. |
|
| 35 |
|
| Qo‘rqmasdan Unga gapira olgan bo‘lardim, Lekin hozirgi ahvolimda unday qilolmayman. |
|
|
|
|