×

Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)

Забур 110

1
Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! To‘g‘ri insonlar jamoasida bo‘lganimda, Butun qalbimdan Egamga shukr aytaman.
2
Egamizning ishlari buyukdir, Ulardan lazzat oluvchilar ular haqda fikr yuritadilar.
3
Egamizning ishlari muhtasham, haybatlidir, Uning adolati to abad davom etadi.
4
Egamiz unutilmas ajoyibotlarni yaratdi, U rahmdil va shafqatlidir.
5
O‘zidan qo‘rqqanlarga rizq–ro‘zini beradi, O‘z ahdini doimo yodida tutadi.
6
Xalqiga qudratli ishlarini ko‘rsatdi, Boshqa xalqlar yerini ularga berdi.
7
Hamma ishlarida sodiq, adolatlidir, Uning hamma amrlari ishonchlidir.
8
Ularning hammasi to abad mustahkam turadi, Egamiz ularni sadoqat, to‘g‘rilik ila ijro qildi.
9
U xalqini qutqardi, To abad ahdi bilan ularni O‘ziga bog‘ladi. Uning nomi muqaddas, qo‘rqinchlidir.
10
Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Bunday yo‘l tutganlarning aqli rasodir, Uning hamdu sanolari to abad davom etadi.
Uzbek Bible Latin 2016 (UZLBC)
Muqaddas Kitobni Tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
:
Eslatmalarni Saqlash