Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari, Hamdu sanolar bo‘lsin Egamizning nomiga! |
| 2 |
| Egamiz nomiga hozir ham, Abadulabad olqishlar bo‘lsin. |
| 3 |
| Sharqdan g‘arbga qadar Egamizning nomiga olqishlar bo‘lsin! |
| 4 |
| Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan, Uning shuhrati samolardan ham buyukdir. |
| 5 |
| Egamiz Xudoga kim o‘xshaydi?! U yuksakda taxt qurgan. |
| 6 |
| U samoga, yer yuziga egilib, qaraydi. |
| 7 |
| Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U ko‘taradi, Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi. |
| 8 |
| Ularga shahzodalar yonidan joy beradi, O‘z xalqining shahzodalari bilan birga o‘tqazadi. |
| 9 |
| Befarzand ayolni o‘z uyida U sharaflaydi, Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! |
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/112.mp3
150
112