×

Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)

Забур 124

1
Ziyorat qo‘shig‘i. [1] Egamizga umid bog‘laganlar Sion tog‘iga o‘xshar, Hech qachon tebranmas, to abad mustahkam turar.
2
Tog‘lar Quddusni o‘raganday, Hozirdan boshlab to abad Egamiz O‘z xalqini o‘rab olgandir.
3
Fosiq shohning saltanat hassasi Doimo solihlarning yurtida qolmaydi. Bo‘lmasa solihlar qo‘llarini yomon ishlarga uzatadi.
4
Ey Egam, yuragi to‘g‘ri bo‘lganlarga, Yaxshilarga yaxshilik qilgin.
5
Ey Egam, egri yo‘llarga burilganlarni Badkirdorlar bilan birga haydab yuborgin. Isroil uzra tinchlik bo‘lsin!
Uzbek Bible Latin 2016 (UZLBC)
Muqaddas Kitobni Tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
:
Eslatmalarni Saqlash