×

Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)

Забур 129

1
Ziyorat qo‘shig‘i. [1] Ey Egam, tubsiz suvlardan Senga nola qilaman.
2
Ey Rabbiy, mening ovozimni eshitgin! Iltijolarimga diqqat ila quloq solgin!
3
Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar, Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?!
4
Ammo Sen kechirimlisan, Shu bois Sendan qo‘rqamiz.
5
Egamga umid bog‘layman, Ha, jonim Unga talpinadi. Uning kalomiga umid bog‘layman.
6
Tongni kutgan posbondan ham ko‘proq, Ha, tongni kutgan posbondan ham ko‘proq Mening jonim Rabbiyga talpinadi.
7
Ey Isroil! Umid qilgin Egamizdan! Egamiz sodiq sevgisini ko‘rsatadi. Qutqarishga U doim tayyor!
8
Isroilni barcha gunohlaridan Qutqaradigan Uning O‘zidir.
Uzbek Bible Latin 2016 (UZLBC)
Muqaddas Kitobni Tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
:
Eslatmalarni Saqlash