Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Dovud sanosi. [1] Egamga, suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin, U qo‘llarimni urushga, barmoqlarimni jangga o‘rgatgan. |
| 2 |
| Egam mening suyangan qoyamdir, qal’amdir, U qo‘rg‘onim, xaloskorimdir. Ha, Egam mening qalqonim, Unda men panoh topaman, Xalqlarni U menga bo‘ysundiradi. |
| 3 |
| Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga e’tibor bersang! Bandalar kimdirki, ular haqda o‘ylasang! |
| 4 |
| Inson umri og‘izdan chiqqan nafasga o‘xshar, Odamzodning hayoti o‘tkinchi soyaga o‘xshar. |
| 5 |
| Ey Egam, ko‘klarni yorib, pastga tushgin, Tog‘larga tekkin, ulardan tutun chiqsin. |
| 6 |
| Chaqmoq chaqtir, yovlarni tirqiratgin, O‘qlaringni ot, ularni sarosimaga solgin. |
| 7 |
| Yuqoridan uzat qo‘lingni, meni qutqargin, Azim suvlardan meni chiqarib olgin, Begonalar qo‘lidan meni qutqargin. |
| 8 |
| Ularning so‘zlari behuda, Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi. |
| 9 |
| Ey Xudo, Senga yangi qo‘shiq kuylayman, O‘n torli arfa chalib Seni tarannum etaman. |
| 10 |
| Shohlarga Sen zafar ato etasan, Quling Dovudni shafqatsiz qilichdan qutqarasan. |
| 11 |
| Kelgindilarning qo‘lidan Meni xalos qil, qutqargin. Ularning so‘zlari behuda, Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi. |
| 12 |
| O‘g‘illarimiz yoshligida yaxshi o‘sgan ko‘chatga o‘xshasin, Qizlarimiz saroyning o‘ymakor ustunlariga o‘xshasin. |
| 13 |
| Omborlarimiz noz–ne’matlarga to‘lib–toshsin, Qo‘ylarimiz minglab, o‘n minglab yaylovlarda ko‘paysin. |
| 14 |
| Ho‘kizimiz og‘ir yuklarni tortsin, Devorlarimiz darz ketmasin, Odamlarimiz surgun bo‘lmasin, Ko‘chalarimizda oh–voh, g‘amu kulfat bo‘lmasin. |
| 15 |
| Naqadar baxtlidir bunday insonlar! Baxtlidir Xudoni Egamiz deb bilgan xalq! |
| Eslatmalarni saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/143.mp3
150
143