Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Dovud sanosi. [1] Yuragimni ochaman Senga, ey Egam! |
| 2 |
| Senga umid bog‘layman, ey Xudoyim! Sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin, Dushmanlarim mendan ustun kelmasin. |
| 3 |
| Senga ishonganlar aslo bo‘lmasin sharmanda. Sharmandalik kelsin Senga asossiz xiyonat qilganlarning boshiga. |
| 4 |
| Ey Egam, yo‘llaringni menga ko‘rsat, So‘qmoqlaringni menga o‘rgat. |
| 5 |
| Haqiqating yo‘lidan meni boshlab o‘rgatgin, Najotkorim Xudo O‘zingsan, Kun bo‘yi Sendan umid qilaman. |
| 6 |
| Yodingda tut, ey Egam, buyuk shafqatingni Ham sevgida sodiqligingni. Axir, azaldan Sen shunday qilgansan. |
| 7 |
| Esga olma yoshlikdagi gunohlarimni Hamda qilgan itoatsizliklarimni. Sodiq sevging haqi yodga ol meni, Axir, Sen yaxshisan, ey Egam! |
| 8 |
| Egamiz yaxshi, adolatlidir! U gunohkorlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatadi. |
| 9 |
| U kamtarni to‘g‘rilikka boshlaydi, Kamtarin insonni O‘z yo‘liga o‘rgatadi. |
| 10 |
| Egamiz qilgan har ishi orqali Uning ahdiga rioya qilganlarga Sodiq sevgisini ko‘rsatadi. |
| 11 |
| Mening ayblarim ko‘p. Ey Egam, O‘z noming haqi Ayblarimni kechirgin. |
| 12 |
| Agarda inson Egamizdan qo‘rqsa, U tanlaydigan yo‘lni Egamiz o‘rgatadi. |
| 13 |
| O‘sha inson umrini farovonlikda o‘tkazadi, Uning nasli yurtni mulk qilib oladi. |
| 14 |
| Egamiz Undan qo‘rqadiganlarga O‘z niyatlarini ishonib bildiradi, O‘z ahdini ularga ma’lum qiladi. |
| 15 |
| Nigohim doimo Egam tomondadir, U oyoqlarimni tuzoqdan xalos qiladi. |
| 16 |
| Ey Egam, holimga boq, mehribonlik qil. Men yolg‘izman, tushkunlikka tushganman. |
| 17 |
| Yurakdagi g‘amlarim ortib bormoqda, Shu kulfatdan meni qutqargin. |
| 18 |
| Kulfatu g‘amlarimni ko‘rib, Barcha gunohlarimdan o‘tgin. |
| 19 |
| Qara, dushmanlarim naqadar ko‘p, Mendan qattiq nafrat qilarlar. |
| 20 |
| Hayotimni asra, qutqargin meni, Sharmandali ahvolga solmagin meni, Zotan, Senda panoh topaman men. |
| 21 |
| Haqqoniylik, to‘g‘rilik saqlasin meni, Zotan, Sendan umid qilaman men. |
| 22 |
| Ey Xudo, qutqargin Isroilni Jamiki kulfatlaridan! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/024.mp3
150
24