Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. |
| 2 |
| Ey Egam, Senda men panoh topaman, Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘yma, Adolatlisan, meni qutqargin. |
| 3 |
| Menga quloq tut, darrov qutqargin meni, Mening panoh qoyam bo‘lgin. Najot topay, mustahkam qo‘rg‘on bo‘lgin. |
| 4 |
| Chindan ham Sen suyangan qoyamsan, qal’amsan, O‘z noming haqi meni yetakla, yo‘l ko‘rsatgin. |
| 5 |
| Sen mening panohimsan. Qo‘yilgan tuzoqdan meni qutqargin. |
| 6 |
| Hayotimni Senga topshiraman, ey Egam, Meni qutqarding, ey sodiq Xudo. |
| 7 |
| Soxta xudolarni izzatlaganlarga Men nafratimni sochaman. Ey Egam, men Senga umid bog‘layman. |
| 8 |
| Sodiq sevging ila shod–xurram bo‘lay, Qayg‘ularimni O‘zing ko‘rgansan, Jonim azobda qolganin bilasan. |
| 9 |
| Meni g‘anim qo‘liga bermading, Oyoqlarimni bexavotir yerga qo‘yding. |
| 10 |
| Rahm qil, ey Egam, kulfatda qoldim, Ko‘zlarim qayg‘udan toldi, Jonu tanam adoyi tamom bo‘ldi. |
| 11 |
| Hayotim azob bilan tugaydi, Yillarim oh–voh bilan bitadi. Gunohlarimdan kuchim tugaydi, Suyaklarim qurib bitadi. |
| 12 |
| Dushmanlarim meni haqorat qiladi, Qo‘shnilarim mendan hazar qiladi. Do‘stlarim ham mendan qo‘rqadi, Ko‘chada ko‘rib meni, qochib ketadi. |
| 13 |
| Meni unutdilar, go‘yo o‘lganman, Go‘yo singan sopol idish kabiman. |
| 14 |
| Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qiladi, Atrofimni dahshat o‘rab olgan. Birgalikda menga qarshi fitna to‘qishadi, Meni o‘ldirmoqni niyat qilishadi. |
| 15 |
| Ey Egam, men Senga umid bog‘layman, “Mening Xudoyim Sensan”, deb aytaman. |
| 16 |
| Hayotim Sening qo‘lingdadir, G‘animlarim qo‘lidan, Payimga tushganlardan meni qutqargin. |
| 17 |
| Jamoling men, qulingga nurlarini sochsin, Sen sodiqsan, meni qutqargin. |
| 18 |
| Yo‘l qo‘yma, ey Egam, sharmanda bo‘lishimga, Madad so‘rab iltijo qildim Senga. Qabihlar sharmandayi sharmisor bo‘lsin, O‘liklar diyoriga jim kirib borsin. |
| 19 |
| O‘chsin ularning yolg‘onchi ovozlari, Zero, takabburlik ham nafrat bilan Ular solihga qarshi so‘ylar. |
| 20 |
| O, naqadar buyukdir Sening ezguliging! O‘zingdan qo‘rqqanlarga uni saqlab qo‘ygansan, Senda panoh topganlarga hadya qilasan, Hammaning ko‘z oldida in’om qilasan. |
| 21 |
| Huzuringda ularni himoya qilasan, Inson fitnalaridan omon saqlaysan. Ularni O‘z chodiring ostida Ig‘volardan saqlab turasan. |
| 22 |
| Qamalda qolgan shaharday bo‘lganimda Menga ajoyib sadoqatingni ko‘rsatganing uchun Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin! |
| 23 |
| Vahimaga tushib men: “Ey Egam, Sening nazaringdan mahrum bo‘ldim”, degandim. Ha, madad so‘rab Senga yolvorganimda Iltijolarimni eshitding. |
| 24 |
| Ey Egamizning taqvodorlari, Uni seving! O‘ziga sodiq bo‘lganlarni U himoya qiladi, Takabburlarga to‘liq jazo beradi. |
| 25 |
| Bardam bo‘ling, dadil bo‘lsin yuragingiz, Ey siz, Egamizdan umid qilganlar! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/030.mp3
150
30