Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Dovud sanosi. [1] Ey Egam, menga qarshi chiqqanlarga O‘zing qarshi bo‘l. Menga hujum qilganlar bilan O‘zing jang qil. |
| 2 |
| Qalqonu sovutingni ol, Qani, menga yordamga kel. |
| 3 |
| Meni ta’qib qilganlarga qarshi Nayzayu boltangni olgin. “Senga najot beraman”, deb O‘zing menga va’da bergin. |
| 4 |
| Mening jonimga qasd qilganlar Sharmandayu sharmisor bo‘lsin! Menga qarshi fitna qilayotganlar Uyatga qolib, orqaga qaytsin! |
| 5 |
| Xuddi shamolda uchgan somon singari, Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin. |
| 6 |
| Qorong‘u sirpanchiq bo‘lsin ularning yo‘li, Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin. |
| 7 |
| Sababsiz menga tuzoq qo‘ydilar, Meni tutib olib o‘ldirmoq uchun Sababsiz menga chuqur qazidilar. |
| 8 |
| To‘satdan ularning boshiga halokat kelsin, Qo‘ygan tuzog‘iga o‘zlari o‘ralib qolsin, Qazigan chuqurga o‘zlari yiqilib, bitsin. |
| 9 |
| Shunda, ey Egam, Sen tufayli shod bo‘laman, Najot berganing uchun quvonaman. |
| 10 |
| Butun vujudim xitob qiladi: “Senga o‘xshashi yo‘q, ey Egam, Bechorani zo‘ravondan qutqarasan, Faqirni talonchidan qutqarasan.” |
| 11 |
| Yovuz niyatli guvohlar paydo bo‘ladi, Bilmaydigan narsalarimni mendan so‘raydi. |
| 12 |
| Ular yaxshiligimga yomonlik qaytaradi, O‘zimni tamom yolg‘iz his qilaman. |
| 13 |
| Ular xasta bo‘lganlarida esa Men qanor kiyib, ro‘za tutib, qayg‘u chekardim. Boshimni quyi solib, ibodat qilardim. |
| 14 |
| Do‘stim, birodarim, deya tashvish tortardim, Onam uchun aza tutgan kabi yurardim, Qayg‘udan boshimni egib yurardim. |
| 15 |
| Qoqilganimda esa ular shod bo‘ldilar, Menga qarshi yig‘ilishib keldilar, Bexabar ekanman, ular kallakesar ekan, To‘xtovsiz menga bo‘hton qildilar. |
| 16 |
| Shakkoklarday ayovsiz masxara qildilar, Menga qarab tishlarini g‘ijirlatdilar. |
| 17 |
| Ey Egam, qachongacha qarab turasan? Qutqargin meni ularning hujumidan, Xalos qilgin jonimni o‘sha sherlardan! |
| 18 |
| Buyuk jamoa ichra Senga shukr aytaman, Xalq yig‘inlarida Senga hamdlar o‘qiyman. |
| 19 |
| Xoin dushmanlarim ustimdan kulmasinlar, Mendan sababsiz nafrat etganlar Ko‘zlarini o‘ynatmasinlar. |
| 20 |
| Tinchlik so‘zini og‘izga olmas ular, Ammo yurtda tinch yashayotganlar ustidan Yolg‘on so‘zlarni o‘ylab toparlar. |
| 21 |
| Menga qarshi shang‘illab aytarlar ular: “Ah–a, ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik qilmishlarini.” |
| 22 |
| O‘zing ko‘rgansan, ey Egam, sukut saqlama! Ey Rabbiy, mendan hech uzoqlashma! |
| 23 |
| Qani, bo‘l, himoya qilgin meni, Men uchun jang qilgin, ey Xudoyim, Rabbim! |
| 24 |
| Sen odilsan, ey Egam Xudo, Shu bois meni oqlagin. Dushmanlarim aslo ustimdan kulmasin. |
| 25 |
| Ular o‘zlariga o‘zlari: “Ah–a, istaganimiz bo‘ldi–ku!” deb aytmasin. “Uni yutib yubordik–ku”, demasin. |
| 26 |
| Kulfatlarimdan zavqlanganlarning hammasi Sharmandayu sharmisor bo‘lsin. Mendan o‘zlarini yuqori qo‘yganlar Sharmandalik, badnomlikka o‘ralsin. |
| 27 |
| Men haq bo‘lib chiqishimni istaganlar Xursand bo‘lsin, sevinch ila kuylasin. Har doim aytaversin ular: “Qulining saodatidan huzurlangan Egamiz tobora yuksalaversin.” |
| 28 |
| Odilliging haqidagi so‘zlaru madhing Kun bo‘yi tilimdan tushmaydi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/034.mp3
150
34