Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi. |
| 2 |
| Fosiqlarning gunohkorligi haqida Yuragimda bir bashorat bor: Gunohkor Xudodan qo‘rqmaydi. |
| 3 |
| O‘zining nazdida u osmonda yuradi, Xudo gunohimni ko‘rmaydi, Hukm qilmaydi, deb aytadi. |
| 4 |
| Og‘zidan manfur, yolg‘on so‘zlar chiqadi, Donolikdan, yaxshi ishlar qilishdan u bosh tortadi. |
| 5 |
| Hatto yotganda ham fosiqlikni o‘ylaydi, Gunoh yo‘lga o‘zini bag‘ishlaydi, Fosiqlikdan aslo yuz o‘girmaydi. |
| 6 |
| Ey Egam, sodiq sevging falaklarga yetgaydir, Ey Egam, sadoqating samolarga cho‘zilgaydir. |
| 7 |
| Odilliging buyuk tog‘larga o‘xshaydi, Adolating tubsiz dengizga o‘xshaydi, Ey Egam, insonu jonivorlarni Sen saqlagaysan. |
| 8 |
| Sodiq sevging, ey Xudo, naqadar bebahodir! Qanotlaring soyasida insonlar panoh topadi. |
| 9 |
| Ular uyingdagi ne’matlardan yeb to‘yadi, Lazzat to‘la daryongdan ularga ichirasan. |
| 10 |
| Hayotning bulog‘i Sendadir, Ziyo olurmiz Sening nuringdan. |
| 11 |
| Seni bilganlarga sodiq sevgingni ko‘rsat, Yuragi soflarga O‘zing najot bergin. |
| 12 |
| Takabburning oyog‘i meni ezmasin, Fosiqning qo‘llari meni haydamasin. |
| 13 |
| Ana, badkirdorlar ag‘anab yotibdi, Qaddini ko‘tara olmay, yerga qapishib yotibdi. |
| Eslatmalarni saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/035.mp3
150
35