Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Dovud sanosi. Bizni Egamizning yodiga solish uchun aytilgan. |
| 2 |
| Ey Egam! G‘azab bilan menga tanbeh bermagin, Qahring sochib, menga jazo bermagin. |
| 3 |
| O‘qlaring ichlarimni teshib o‘tdi, Qo‘llaring ustimga bosib tushdi. |
| 4 |
| Butun tanam xastadir g‘azabingdan, Sog‘ligim yo‘qolgan gunohlarim dastidan. |
| 5 |
| Ayblarim meni juda ham ezadi, Ular juda og‘ir yukka o‘xshaydi. |
| 6 |
| Aqlsizligim dastidan Yaralarim sasib, yiringlab oqyapti. |
| 7 |
| Juda egilib, bukchayib qoldim, Kun bo‘yi g‘amgin yuraman. |
| 8 |
| Ichim isitmadan otash bo‘lib yonmoqda, Tanamda bironta sog‘ joy yo‘q. |
| 9 |
| Sillam qurib, tamom ezildim, Yurakdagi alamdan nola qilaman. |
| 10 |
| Yuragim tubidagi istaklarim Ey Rabbiy, O‘zingga ravshan, Ohu nolam Sendan yashirin emas. |
| 11 |
| Yuragim titraydi, quvvatim ketdi, Ko‘zlarimning nuri adoyi tamom bo‘ldi. |
| 12 |
| Do‘st–yoronlarim dardim tufayli oldimdan qochadi, Tug‘ishganlarim aslo yonimga kelmaydi. |
| 13 |
| Jonimga qasd qilganlar menga tuzoq qo‘yadi, Menga zarar istaganlar kulfatdan so‘z ochadi, Kun bo‘yi yolg‘on so‘ylab, fitna qiladi. |
| 14 |
| Men esa karga o‘xshayman, eshitmayman, Soqovga o‘xshayman, gapira olmayman. |
| 15 |
| Chindan ham men soqovga o‘xshayman, Tili qotib qolgan odamdayman. |
| 16 |
| Ey Egam, Umidim yolg‘iz Sensan, Ey Egam Xudo, javob beradigan Sensan. |
| 17 |
| Ey Egam: “Holimni ko‘rib, dushmanlarim shodlanmasin, Oyoqlarim qoqilganda, o‘zlarini katta tutmasin”, deya Senga ibodat qildim. |
| 18 |
| O‘zim ham yiqilay, deb turibman, Muttasil azob chekayotirman. |
| 19 |
| Qilgan egriliklarim uchun tavba qilaman, Gunohlarim uchun tashvish tortaman. |
| 20 |
| Ashaddiy dushmanlarim ko‘pdir, Sababsiz mendan nafrat etuvchilar son–sanoqsiz. |
| 21 |
| Ular yaxshiligimga yomonlik ila javob beradi, Ezgulik ishlarim uchun meni ig‘vo qiladi. |
| 22 |
| Ey Egam, meni aslo tark etmagin, Ey Xudoyim, mendan uzoq ketmagin. |
| 23 |
| Menga yordam bergani shoshilgin, Ey mening najotkorim — Rabbiy! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/037.mp3
150
37