Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining qo‘shig‘i. “Qizlar” kuyiga aytilgan. |
| 2 |
| Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir, Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir. |
| 3 |
| Shu bois biz qo‘rqmaymiz hech ham Yer ostin–ustin bo‘lib ketsa ham, Dengiz bag‘riga tog‘lar qulab tushsa ham. |
| 4 |
| Dengizlar o‘kirib, toshib ketsa ham, Shiddatli to‘lqinlar tog‘larni titratsa ham Biz qo‘rqmaymiz hech ham. |
| 5 |
| Bir daryo bor, uning suvlari Olib kelar shodlik Xudo shahriga, Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga. |
| 6 |
| Shaharda Xudo turgani uchun, Shahar hech ham yiqilmasdan turadi, Tong otganda, Xudo yordamga keladi. |
| 7 |
| Xalqlar alg‘ov–dalg‘ov bo‘ladi, Shohliklar qulaydi. Xudo ovozi guldiraydi, yer erib ketadi. |
| 8 |
| Sarvari Olam biz bilandir, Yoqubning Xudosi qal’amizdir. |
| 9 |
| Keling, Egamizning ishlarini ko‘ring, Yer yuziga keltirgan kulfatni ko‘ring. |
| 10 |
| Butun olamda U jangni to‘xtatadi, Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi, Qalqonlarni olovda yoqib, shunday deydi: |
| 11 |
| “To‘xtang, biling, Men Xudoman, Xalqlar orasida Men yuksalgayman, Yer yuzida Men yuksalgayman.” |
| 12 |
| Sarvari Olam biz bilandir, Yoqubning Xudosi qal’amizdir. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/045.mp3
150
45