Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining sanosi. |
| 2 |
| Eshitinglar, ey xalqlar, Quloq soling, olam ahli, |
| 3 |
| Ey insonlar, jamiki odamzod, Boylaru faqirlar, quloq solingiz! |
| 4 |
| Og‘zimdan to‘kiladi dono so‘zlar, Qalbimning mushohadasi ham idroklidir. |
| 5 |
| Qulog‘imni hikmatga buraman, Ma’nosini lira bilan anglataman. |
| 6 |
| Nega qo‘rqishim kerak qaro kunlarda?! Nega qo‘rqishim kerak ta’qib qiluvchilar Qabih ishlari bilan meni o‘rab olganlarida?! |
| 7 |
| Ular mol–mulkiga ishonadilar, Behisob boyliklari ila maqtanadilar. |
| 8 |
| Axir, hech kim hayotini pul to‘lab qutqara olmas, Yoki uning uchun Xudoga to‘lov berolmas. |
| 9 |
| Inson hayoti uchun to‘lov g‘oyat qimmatdir, Hech qanday to‘lov yetarli bo‘lmas. |
| 10 |
| Yo‘qsa inson to abad yashardi, Qabr yuzini aslo ko‘rmasdi. |
| 11 |
| Dononi qarang, ular ham o‘ladi, Ahmoq, bema’ni birday halok bo‘ladi, Ularning boyligi boshqaga qoladi. |
| 12 |
| Yurtlarga o‘zlarining nomini berganda ham, Mozor to abad uyi bo‘lib qoladi, Maskani nasldan–naslga o‘taveradi. |
| 13 |
| Boyligiga qaramay inson to abad qolmas, O‘ladigan jonzotga o‘xshaydi ular. |
| 14 |
| O‘zlariga ishonganlarning qismati shudir, Ularning so‘zini ma’qullaganlarning taqdiri shudir: |
| 15 |
| Qo‘ylar kabi o‘liklar diyoriga haydaladilar, O‘lim ularning cho‘poni bo‘ladi, Tongda to‘g‘ri insonlar ularning ustidan hukmron bo‘ladi, Tanalari chirib ketadi, O‘liklar diyori ularning qasri bo‘ladi. |
| 16 |
| O‘liklar diyori hukmidan Xudo meni qutqaradi, Shubhasiz, U meni O‘z yoniga oladi. |
| 17 |
| Birontasi boyib ketganda, Uyining hashamati oshib ketganda, Vahimaga tushma! |
| 18 |
| Olamdan o‘tganda, u o‘zi bilan hech narsa olib ketmaydi, Boyligi ham uning ortidan qabrga ergashib bormaydi. |
| 19 |
| Hayotligida o‘zini baxtiyor hisoblaydi, Oshib–toshib yashagani uchun Ko‘plar unga hamdu sano aytadi. |
| 20 |
| U ham ota–bobolari yoniga ketadi, Ular kabi yorug‘likni boshqa ko‘rmaydi. |
| 21 |
| Boyligi bo‘la turib aqlsiz bo‘lganlar O‘ladigan jonzotga o‘xshaydilar. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/048.mp3
150
48