Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Osifning sanosi. [1] Xudolar Xudosi — Egamiz So‘ylar, da’vat qilar yer yuziga Sharqdan g‘arbga qadar. |
| 2 |
| Xudo O‘z nurini sochar Quddusdan — Go‘zallikda komil shahardan. |
| 3 |
| Xudoyimiz kelar, sukut saqlamas, Uning oldida alanga yamlab yuborar, Atrofida bo‘ron g‘azabdan quturar. |
| 4 |
| O‘z xalqini hukm etmoq uchun Yeru osmonni guvoh qilib chaqirar: |
| 5 |
| “Yig‘ib keling Mening taqvodor xalqimni, Qurbonlik orqali Men bilan ahd qilganlarni!” |
| 6 |
| Samolar e’lon qilar Xudoning odilligini, Hakam Xudoning O‘zidir. |
| 7 |
| Xudo aytar: “Eshit, ey xalqim, Men so‘zlayman, Ey Isroil, senga qarshi guvohlik beraman, Men Xudoman, sening Xudoyingman. |
| 8 |
| Keltirgan qurbonliklaring doimo oldimda. Kuydirilgan qurbonliklaringdan shikoyat qilmayman. |
| 9 |
| Og‘ilingdagi buqangga muhtoj emasman, Suruvingdagi echkingga ham zor emasman. |
| 10 |
| Menikidir o‘rmondagi jamiki hayvon, Minglab qirlardagi molu qo‘ylar. |
| 11 |
| Menikidir jamiki tog‘dagi qushlar, Menikidir daladagi barcha jonivorlar. |
| 12 |
| Och qolsam ham, so‘ramasdim sizlardan, Menikidir olam, undagi hamma narsa. |
| 13 |
| Men buqa go‘shtini yeymanmi?! Yoki echki qonini ichamanmi?! |
| 14 |
| Men, Xudoga, shukrona qurbonligi qil, Men, Xudoyi Taologa, ontingni ado qil. |
| 15 |
| Og‘ir kunda Menga iltijo qilgin, Senga najot beraman, Sen esa Menga maqtov aytasan.” |
| 16 |
| Fosiqqa esa Xudo shunday deydi: “Ne haqing bor qonunlarimni tilga olmoqqa?! Ne haqing bor ahdimni og‘zingga olmoqqa?! |
| 17 |
| Nafrat ila qaraysan–ku yo‘l–yo‘riqlarimga, Otib tashlaysan–ku kalomlarimni orqangga! |
| 18 |
| O‘g‘rini ko‘rganingda, do‘stlashasan u bilan, Sherik bo‘lib olasan zinokorlar bilan. |
| 19 |
| Og‘zing yomon so‘zlar uchun doim tayyordir, Tilingning to‘qigani faqat yolg‘ondir. |
| 20 |
| O‘tirib, birodaringga qarshi so‘ylaysan, Tug‘ishganingga ham tuhmat qilasan. |
| 21 |
| Shu ishlarni qilganingda, sukut saqlardim, Meni ham o‘zingga o‘xshagan, deb o‘ylading. Endi–chi, aybingni bo‘yningga qo‘yib, Seni hukm qilaman. |
| 22 |
| Ey Meni unutganlar, bilib qo‘ying, Yo‘qsa sizlarni parcha–parcha qilaman, Bironta najot berguvchi topilmaydi. |
| 23 |
| Menga shukrona qurbonligi keltirganlar Meni izzat qilgan bo‘ladi. Men O‘z najotimni To‘g‘ri yo‘ldan yurganlarga ko‘rsataman.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/049.mp3
150
49