Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Nay jo‘rligida. Dovud sanosi. |
| 2 |
| So‘zlarimga quloq tut, ey Egam! Diqqat qilgin nolalarimga. |
| 3 |
| Eshitgin, madad so‘rab iltijo etaman, Sen ham Shohimsan, ham Xudoyimsan! Shu bois Senga ibodat qilaman. |
| 4 |
| Ey Egam! Tong chog‘i ovozimni eshitasan, Subhidamda Senga yolvoraman, Sendan javob kutaman. |
| 5 |
| Qabihlikdan mamnun bo‘lmaydigan Xudosan Sen, Senga mehmon bo‘lolmas gunohkor inson. |
| 6 |
| Takabburlar huzuringda tura olmaydilar, Hamma badkirdorlarni Sen yomon ko‘rasan. |
| 7 |
| Yolg‘on gapiradiganlarni Sen qirib tashlaysan, Ey Egam, qonxo‘r, yolg‘onchilardan Sen jirkanasan. |
| 8 |
| Men esa sodiq sevging mo‘lligi sabab Sening uyingga kiraman. Muqaddas Ma’badingda ta’zim qilaman, Qo‘rquv ila Senga sajda qilaman. |
| 9 |
| Naqadar dushmanlarim ko‘p, ey Egam, Odilliging bilan meni so‘qmog‘ingdan yetakla, O‘z yo‘llaringni menga ravshan qil. |
| 10 |
| Dushmanlarim og‘zidan haqiqat chiqmaydi, Ularning yuraklari balo–ofatdir. Og‘izlari ochilgan qabr kabidir, Tillari xushomad qiladi. |
| 11 |
| Ey Xudo, ular gunohkordir, jazolagin! Niyatlari o‘zlarining boshiga yetsin. Ular Senga qarshi isyon qilganlar. Gunohlari ko‘pligi uchun ularni haydab yuborgin. |
| 12 |
| Senda panoh topganlarning hammasi sevinsin, To abad shodlikdan ular kuylasin. Ularni Sen himoya qilganing uchun, Seni sevganlar sevinch ila jo‘shsin. |
| 13 |
| Ey Egam! Sen solih kishilarga baraka berasan, Sening himmating ularni qalqonday himoya qiladi. |
| Eslatmalarni saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/005.mp3
150
5