Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| [1-2] Ijrochilar rahbariga. Dovud Botshevaning oldiga kirgandan so‘ng, Natan payg‘ambar uning oldiga kelganda, Dovudning aytgan sanosi. |
| 2 |
| *** |
| 3 |
| Rahm qilgin menga, ey Xudo, Sodiq sevging, cheksiz shafqating ila Itoatsizligimni olib tashlagin. |
| 4 |
| Yuvib tashla barcha ayblarimni, Poklagin gunohlarimdan. |
| 5 |
| Ha, o‘zimning itoatsizligimni bilaman, Gunohim turar ko‘z o‘ngimda mudom. |
| 6 |
| Senga, yolg‘iz Senga qarshi gunoh qilganman, Sening oldingda qabihliklar qilganman, Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan, Qoralaganingda doimo to‘g‘ri bo‘lib chiqasan. |
| 7 |
| Mana, gunohkor bo‘lib tug‘ilganman, Onam qornidayoq gunohkor edim. |
| 8 |
| Ha, inson yuragida Sen istaysan haqiqatni, Qalbimning to‘rida o‘rgatgin donolikni. |
| 9 |
| Pokla meni issop o‘ti ila, toza bo‘layin, Yuvgin meni, qordan ham oq bo‘layin. |
| 10 |
| Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin, Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin. |
| 11 |
| Gunohlarimdan chetga ol ko‘zlaringni, Olib tashla ayblarimni. |
| 12 |
| Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, Ichimda to‘g‘ri ruhni yangilagin. |
| 13 |
| Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma. |
| 14 |
| Najoting shodligini menga qaytargin, Itoat etishga menda istak uyg‘otgin. |
| 15 |
| Shunda itoatsizlarga Sening yo‘llaringni o‘rgataman, Gunohkorlar qaytib keladilar Senga. |
| 16 |
| Qon to‘kkanim uchun kechir meni, ey Xudo, Najot berganingni sevinch ila kuylar tilim, Ey najotkorim Xudo! |
| 17 |
| Lablarimni ochgin, ey Rabbiy, Og‘zim Seni madh aylasin. |
| 18 |
| Qurbonlikni Sen xohlamaysan, Qurbonlik kuydirganimda ham Sen xush ko‘rmagan bo‘larding. |
| 19 |
| Senga ma’qul qurbonligim ezilgan ruhdir, Ezilgan, tavba qilgan yurakni Sen rad etmaysan, ey Xudo. |
| 20 |
| Lutfu karaming bilan Quddusni yashnatgin, Sion shahri devorlarini qaytadan qurgin. |
| 21 |
| Shunda munosib qurbonliklar keltiriladi, Kuydiriladigan qurbonliklar Seni mamnun qiladi, Qurbongohingda buqalar nazr qilinadi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/050.mp3
150
50