Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Dovudning Shouldan qochib, g‘orga kirganda aytgan qo‘shig‘i. |
| 2 |
| Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil, Mening jonim Senda panoh topadi. Halokatli ofatlar o‘tib ketguncha Men qanotlaring soyasida panoh topaman. |
| 3 |
| Yolvoraman Xudoyi Taologa, Men uchun qasos oluvchi Xudoga. |
| 4 |
| Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi, Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi. Xudo O‘z sevgiyu sadoqatini yuboradi. |
| 5 |
| Men odam yeydigan sherlar orasida yotgandayman. Ularning tishlari nayzayu o‘q kabidir, Ularning tillari keskir qilichdaydir. |
| 6 |
| Ey Egam, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin. |
| 7 |
| Dushmanlarim oyoqlarimga tuzoq qo‘ygan, Qayg‘u–kulfatdan ruhim cho‘kkan. Ular so‘qmoqlarimda chuqur qazidi, O‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari quladi. |
| 8 |
| Ey Xudo, yuragim Senga sodiq, Ha, yuragim Senga sodiqdir! Seni kuylab, qo‘shiq aytaman. |
| 9 |
| Uyg‘ongin, ey jonim! Uyg‘on, ey arfa, lira! Tongni ham men uyg‘otaman! |
| 10 |
| Ey Rabbiy, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman, Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman. |
| 11 |
| Sodiq sevging samolarday yuksakdir, Sadoqating bulutlarga cho‘zilgandir. |
| 12 |
| Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/056.mp3
150
56