Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytilgan. Dovud sanosi. |
| 2 |
| Ey Xudo, meni O‘zing qutqar, Suvlar bo‘g‘zimga qadar ko‘mdi. |
| 3 |
| Botqoqqa cho‘kib borayotirman, Oyog‘imni qo‘ygani qattiq yer yo‘q. Chuqur suvlarga botib ketdim, Endi to‘lqinlar meni yutmoqda. |
| 4 |
| Madad so‘rab, sillam quridi, Tomoqlarim qaqrab ketdi, Ey Xudoyim, Seni kutib, ko‘z nurim so‘ndi. |
| 5 |
| Sababsiz mendan nafratlanganlar Boshimdagi sochimdan ham ko‘pdir. Ko‘pchilik sababsiz menga dushmandir, Ular jonimga qasd qilmoqchilar. Men o‘g‘irlamagan narsalarni ular Qaytib ber, deb meni majbur qilmoqdalar. |
| 6 |
| Ey Xudo, aqlsizligimni O‘zing bilasan, Ayblarim Sendan aslo yashirin emas. |
| 7 |
| Ey Sarvari Olam — Rabbiy, Sendan umid qilganlar Men tufayli uyatga qolmasinlar. Ey Isroil xalqining Xudosi, Senga yuz burganlar Men tufayli sharmanda bo‘lmasinlar. |
| 8 |
| Seni deb haqoratga chidadim, Xijolatdan yuzlarim shuvut. |
| 9 |
| Aka–ukalarimga go‘yo begonadayman, Tug‘ishganlarim orasida musofirdayman. |
| 10 |
| Sening uyingga bo‘lgan sevgim ichimni yondirar, Seni haqoratlaganlar meni haqorat qilgan bo‘lar. |
| 11 |
| Faryod qilib, ro‘za tutganimda, Men masxara bo‘ldim. |
| 12 |
| Kulfatda qolib, qanor kiyganimda, Ular ustimdan kuldilar. |
| 13 |
| Shahar darvozasi oldida o‘tirganlar Meni g‘iybat qilarlar, Mast–alastlar men to‘g‘rimda qo‘shiq aytarlar. |
| 14 |
| Men esa, ey Egam, Senga ibodat qilaman. Ma’qul vaqtda, sodiq sevging soyasida, ey Xudo, Ishonchli najoting bilan javob ber menga. |
| 15 |
| Meni qutqargin, botqoqqa botib ketmay, Mendan nafratlanganlardan xalos bo‘lay, Meni chuqur suvlardan saqlagin. |
| 16 |
| To‘fon meni g‘arq qilmasin, Tubsiz suvlar meni yutmasin, Qabr menga og‘zin ochmasin. |
| 17 |
| Javob ber ibodatimga, ey Egam, Naqadar ezgudir sodiq sevging, Buyuk shafqating ila menga yuz burgin. |
| 18 |
| Men, O‘z qulingni jamolingdan bebahra qilma, Kulfatda qolganman, javob ber tezda. |
| 19 |
| Yaqinroq kel, qutqargin meni, Dushmanlarimdan xalos qil meni. |
| 20 |
| Haqoratga duchor bo‘lganim, Sharmandayu sharmisor bo‘lganim O‘zingga ravshan. Hamma dushmanlarimni bilasan. |
| 21 |
| Haqoratlar qalbimni yaralab, Tushkunlikka tushirdi. Bir hamdard izladim, hech kim yo‘q edi, Tasalli beruvchi izladim–u, topmadim. |
| 22 |
| Ovqatimga ular zahar soldilar, Chanqaganimda menga uzum sirkasi berdilar. |
| 23 |
| Dasturxonlari o‘zlariga tuzoq bo‘lsin, Hamtovoqlari uchun qopqon bo‘lsin. |
| 24 |
| Ko‘z nurlari so‘nsin, ko‘rmayin qolsin, Bellari to abad bukchayib qolsin. |
| 25 |
| Ular ustiga g‘azabingni sochgin, Qahring alanga olib, ularni yutib yuborsin. |
| 26 |
| Ularning makoni tashlandiq bo‘lib qolsin, Chodirlarida tirik bir jon qolmasin. |
| 27 |
| Sen urgan insonlarni ular ta’qib qiladi, Sen bergan yara azoblarini ular g‘iybat qiladi. |
| 28 |
| Gunohlari ustiga gunoh qo‘shgin, Ularni Sen oqlamagin. |
| 29 |
| Nomlari hayot kitobidan o‘chirilsin, Solihlar bilan yonma–yon yozilmasin. |
| 30 |
| Men azobda, kulfatda qolganman, Ey Xudo, najoting meni himoya qilsin. |
| 31 |
| Nomini kuylab, Xudoni madh qilaman, Shukr aytib, Uni maqtayman. |
| 32 |
| Buqadan, shoxli, tuyoqli buzoqdan ko‘ra, Hamdlarim Egamni ko‘proq mamnun qiladi. |
| 33 |
| Mazlumlar buni ko‘rib, sevinsin, Xudoga intilayotganlar dadil bo‘lsin. |
| 34 |
| Egamiz muhtojlarni eshitadi, Asir bo‘lgan xalqidan nafratlanmaydi. |
| 35 |
| Osmonu yer Egamizni madh aylasin, Dengizlaru ulardagi jonzotlar madh aylasin. |
| 36 |
| Xudo Quddusga najot beradi, Yahudo shaharlarini qayta tiklaydi, Xalq o‘rnashib, u yerni mulk qiladi. |
| 37 |
| Xudo qullarining avlodi u yerni egallaydi, Xudoni sevganlar u yerni maskan qiladi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/068.mp3
150
68