Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Osifning qasidasi. [1] Ey Xudo! Nechun bizni to abad rad etasan?! Nechun yaylovdagi qo‘ylaringga g‘azabingni sochasan?! |
| 2 |
| Azalda O‘zingniki qilib olgan xalqingni yodingda tut. O‘zimning mulkim bo‘lsin, deb qutqargan xalqingni, O‘zing maskan qilgan Sion tog‘ini yodingda tut. |
| 3 |
| Dahshatli bu xaroba tomon qadam bosib ko‘r. Qara, Muqaddas maskandagi borini g‘anim yo‘q qildi. |
| 4 |
| G‘animlaring shovqin–suroni Muqaddas maskaningni to‘ldirdi, Bayroqlarini ular belgi qilib o‘rnatdi. |
| 5 |
| O‘zlarini boltasi bor odamday tutdilar, O‘rmondagi daraxt kesuvchilarday tutdilar. |
| 6 |
| So‘ngra boltayu cho‘kichlar bilan Parchaladilar uning o‘ymakor ishlarini. |
| 7 |
| Muqaddas maskaningga o‘t qo‘ydilar, Sen ulug‘lanadigan makonni harom qildilar, Ma’badingni yer bilan bitta qildilar. |
| 8 |
| “Ularni tamomila qirib tashlaymiz”, deb o‘z ko‘nglida aytdilar, Yurtdagi barcha sajdagohlarni yoqib tashladilar. |
| 9 |
| Bironta ham payg‘ambar qolmadi, Mo‘jiza alomatlarini topa olmaymiz, Qachongacha davom etar bu — birontamiz bilmaymiz. |
| 10 |
| Qachongacha ey Xudo, g‘anim Seni masxara qilar?! Seni dushman to abad haqorat qilarmi?! |
| 11 |
| Nechun o‘ng qo‘lingni ishga solmaysan?! Qo‘lingni qo‘yningdan chiqarib, Ularni qirib tashlagin! |
| 12 |
| Ey Xudo, azaldan mening shohimsan, Yer yuziga Sen najot olib kelasan. |
| 13 |
| Qudrating bilan dengizni bo‘lgan Sensan, Dengiz ajdarlarining boshini majaqlagansan. |
| 14 |
| Maxluq Levitanning boshlarini ezib tashlagansan, Cho‘l jonzotlariga uni yemish qilib bergansan. |
| 15 |
| Buloqlaru anhorlarni ochgan Sensan, Oqar daryolarni quritgan ham Sensan. |
| 16 |
| Kunduz Senikidir, tun ham Seniki, Quyosh va oyni bunyod etgansan. |
| 17 |
| Zaminning chegarasini Sen o‘rnatgansan, Yoz va qishni ham o‘rnatgan Sensan. |
| 18 |
| Ey Egam, dushmanning masxaralashini, Ahmoq odamlar Seni haqoratlashini yodingda tut. |
| 19 |
| Kaptarlaring hayotini yovvoyi hayvonlarga berma, Mazlum xalqingning hayotini to abad unutma. |
| 20 |
| Biz bilan qilgan ahdingni esla, Yurtdagi zulmat joylar zo‘ravonlikka to‘la. |
| 21 |
| Mazlum sharmandalikka duchor bo‘lmasin, Faqiru bechora Senga hamdu sano aytsin. |
| 22 |
| Qani, ey Xudo, da’voingni isbot qilgin, Ahmoqlar kun bo‘yi Seni masxara qilishini yodda tut. |
| 23 |
| Dushmanlaring shovqin–suroni ko‘tarilaveradi, Ularning baqir–chaqirig‘ini e’tiborsiz qoldirma. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/073.mp3
150
73