|
| 1 |
|
| Ijrochilar rahbari Yodutunga. Osifning sanosi. |
|
| 2 |
|
| Faryod qilib, Xudoga yolvoraman, Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman. |
|
| 3 |
|
| Qayg‘uli kunimda Rabbiyga intildim, Tunda qo‘llarimni ko‘tarib iltijo qildim, Jonim tasalli topishni rad etdi. |
|
| 4 |
|
| Ey Xudo, Seni o‘ylaganimda, Fig‘on chekaman, ruhim zaiflashadi. |
|
| 5 |
|
| Tun bo‘yi Sen meni bedor qilding, Tilim kalimaga kelmas ruhan azoblanganimdan. |
|
| 6 |
|
| Oldingi kunlar haqida o‘ylab yurdim, Eski davrlarni eslab yurdim. |
|
| 7 |
|
| Tun bo‘yi o‘zim bilan o‘zim suhbat qurdim, Qalbim xayolga berilib, ruhim so‘rab–surishtirdi: |
|
| 8 |
|
| “Rabbiy to abad bizni rad etarmikan? Hech qachon shafqat ko‘rsatmasmikan? |
|
| 9 |
|
| Uning sodiq sevgisi to abad yo‘qolganmi? Uning va’dalari bir umrga tamom bo‘lganmi? |
|
| 10 |
|
| Xudo shafqatli bo‘lishni unutib qo‘ydimi? Rahmdillik o‘rnini g‘azab egalladimi?” |
|
| 11 |
|
| O‘zimga o‘zim dedim: “ Xudoyi Taolo o‘ng qo‘li orqali Endi bizga yordam bermayapti. Bu mening kulfatimdir.” |
|
| 12 |
|
| Ey Egam, ishlaringni men yodga olaman, Azaliy mo‘jizalaringni esga olaman. |
|
| 13 |
|
| Hamma ishlaringni xayolimdan o‘tkazaman, Qudratli ishlaring haqida fikr yuritaman. |
|
| 14 |
|
| Sening yo‘ling, ey Xudo, muqaddasdir, Qaysi Xudo Senday buyukdir?! |
|
| 15 |
|
| Mo‘jizalar yaratuvchi Xudo Sensan, Xalqlar orasida qudratingni ko‘rsatgan Sensan. |
|
| 16 |
|
| Qudrating bilan o‘z xalqingni, Yoqub hamda Yusuf nasllarini qutqargansan. |
|
| 17 |
|
| Ey Xudo, suvlar Seni ko‘rganda, Ha, suvlar seni ko‘rganda, qo‘rqib ketdilar, Tubsiz dengizlar larzaga keldi! |
|
| 18 |
|
| Bulutlar yomg‘irin quydi, Samolar gumburlab yangradi, O‘qlaring har tomonda Yalt etib paydo bo‘ldi. |
|
| 19 |
|
| Gumbur–gumbur eshitildi quyun ichida, Chaqmoqlaring olamni yoritdi, Zamin titrab, tebrandi. |
|
| 20 |
|
| Yo‘ling dengiz orqali o‘tdi, So‘qmog‘ing bahaybat suvlardan o‘tdi, Izlaring esa ko‘rinmas edi. |
|
| 21 |
|
| Xalqingni qo‘y suruviday yetaklab bording, Muso, Horunni rahnamo qilib tanlading. |
|
|
|
|