Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida. Dovud sanosi. |
| 2 |
| Ey Egam, bizning Rabbimiz! Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir! Osmondan ham yuksakdir Sening shuhrating! |
| 3 |
| Dushmanlaringning, qasoskorlarning Ovozini o‘chiray, deya Sen bolalar va chaqaloqlarni O‘z qudratingni so‘ylashga o‘rgatding. |
| 4 |
| Qo‘llaring ijodi bo‘lgan osmoningga qaradim, O‘zing joylashtirgan yulduzlaru oyga boqdim. |
| 5 |
| Inson zoti nedirki, u haqda o‘ylagaysan?! Bandalar nedirki, Sen ularni ardoqlaysan?! |
| 6 |
| Sen ularni O‘zingdan andak past qilding, Izzatu sharaf tojini ularga kiygizding. |
| 7 |
| Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding, Bor narsani ularning oyog‘i ostiga qo‘yding: |
| 8 |
| Jamiki molu qo‘ylarni ham, Barcha yovvoyi hayvonlarni ham, |
| 9 |
| Samodagi qushlaru dengiz baliqlarini — Dengizda suzuvchi har xil maxluqlarni. Ha, ularning ustidan insonni hukmron qilding. |
| 10 |
| Ey Egam, bizning Rabbimiz! Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/008.mp3
150
8