Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining sanosi. |
| 2 |
| Ey Egam, O‘z yurtingga marhamat ko‘rsatgansan, Yoqub naslini yana farovonlikka erishtirgansan. |
| 3 |
| Xalqingning ayblarini unutgansan, Ularning gunohlarini kechirgansan. |
| 4 |
| Butun g‘azabingni jilovlading, Qahrli g‘azabingdan qaytding. |
| 5 |
| Ey najotkorimiz Xudo, Oldingi holimizga bizni qaytargin, Bizga qarshi bo‘lgan g‘azabingni to‘xtatgin. |
| 6 |
| Sen bizdan to abad g‘azablanasanmi? G‘azabingni nasllar osha cho‘zaverasanmi? |
| 7 |
| Xalqim Menda sevinch topsin, deya Bizga yana yangi hayot baxsh etmaysanmi? |
| 8 |
| Ey Egam, bizga sodiq sevgingni ko‘rsat, Bizga najotingni ato qil. |
| 9 |
| Parvardigor Egamiz aytayotganiga quloq solaman, U O‘z xalqiga, O‘z taqvodorlariga tinchlik va’da qilayotir, Endi ular bema’ni yo‘llariga qaytmasin. |
| 10 |
| Shubhasiz, Egamizdan qo‘rqqanlarga Uning O‘zi najot berishga tayyor turadi, Bizning yerimizda Uning ulug‘vorligi makon topadi |
| 11 |
| Sodiq sevgi va haqiqat uchrashadi, Adolat, tinchlik bir–biri ila o‘pishadi. |
| 12 |
| Haqiqat zamindan o‘sib chiqadi, Adolat samodan turib boqadi. |
| 13 |
| Egamiz chindan ne’matin yog‘diradi, Yerimiz o‘z hosilini beradi. |
| 14 |
| Adolat Egamizning oldida yuradi, Uning qadamlari uchun yo‘l tayyorlaydi. |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/084.mp3
150
84