Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Xudo odami Musoning ibodati. |
| 2 |
| Ey Rabbiy, nasllar osha Sen panohimiz bo‘lgan eding. |
| 3 |
| Tog‘lar hali paydo bo‘lmasdan oldin, Yeru olamni yaratmasingdan oldin, Abadulabad Sen Xudosan. |
| 4 |
| Sen insonni tuproqqa qaytarasan, “Qaytinglar, ey bandalar tuproqqa”, deb aytasan. |
| 5 |
| Ming yil Sening nazaringda bir kundaydir, Qisqa bir tun vaqtidaydir. |
| 6 |
| Sen odamlarni supurib tashlaysan, Ular go‘yo tushga o‘xshaydi. Ular tongda ungan yangi maysa kabidir. Tongda maysa yangidan o‘sib chiqsa ham Oqshomda so‘lib, xazon bo‘ladi. |
| 7 |
| Sening g‘azabingdan biz tugadik, Qahringdan biz vahimaga tushdik. |
| 8 |
| Gunohlarimizni Sen oldingga keltirding, Yashirin gunohlarimizni nurlaring yoritib turadi. |
| 9 |
| Kunlarimiz Sening g‘azabing ostida o‘tadi, Yillarimiz bir oh kabi tez nihoyasiga yetadi. |
| 10 |
| Kunlarimiz yetmish yil ekan, Agar bardam bo‘lsak, sakson yil ekan. Eng ajoyib yillar zahmat, jafo bilan kecharkan, Umrimiz tez o‘tar, o‘zimiz uchib ketarmiz. |
| 11 |
| Sening g‘azabing qudratini kim bila olar?! Qahring, O‘zingga loyiq qo‘rquv kabi buyukdir. |
| 12 |
| Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin, Toki biz dono qalbga ega bo‘laylik. |
| 13 |
| Kel, ey Egam! Qachongacha kutamiz?! O‘z qullaringga shafqat qilgin! |
| 14 |
| Saharda sodiq sevging bilan bizni qondirgin, Umrimiz bo‘yi qo‘shiq aytib, xursand bo‘laylik. |
| 15 |
| Kulfatlar ko‘rdik ko‘p kunlar, Bizni mahzun etganding qancha yillar, O‘sha kunlar evaziga bizni xursand qil. |
| 16 |
| Biz, O‘z qullaringga qudratli ishlaring ko‘rinsin, Bizning naslimiz ulug‘vorligingni ko‘rsin. |
| 17 |
| Ey Rabbimiz Xudo, lutf–karaming bizga yor bo‘lsin, Ishlarimizga omad bergin, Ha, ishlarimizga baraka bergin! |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/089.mp3
150
89