×

Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)

Забур 92

1
Egamiz shohdir, U ulug‘vorlikka burkangan, Ulug‘vorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan. Olamni mustahkam o‘rnatgan, olam aslo tebranmas.
2
Sening taxting qaror topgan azaldan, Sen O‘zing mavjudsan azaldan.
3
Dengizlar guvullamoqda, ey Egam, Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam, Dengizlar to‘lqinlarini ko‘tarmoqda.
4
Yuksakdagi Egamiz dengiz to‘lqinlaridan ham qudratliroqdir, Bahaybat suvlarning pishqirishidan ham qudratliroqdir.
5
Sening farmonlaring sobitdir, Uyingga muqaddaslik ziynatdir Abadulabad, ey Egam!
Uzbek Bible Latin 2016 (UZLBC)
Muqaddas Kitobni Tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
:
Eslatmalarni Saqlash