×

Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)

Забур 96

1
Egamiz shohdir, zamin quvonsin, Dengiz ortidagi hamma yurtlar shod bo‘lsin.
2
Bulutlar, zim–ziyo zulmat Uning atrofini o‘ragan, Adolatu haqiqat Uning taxtiga poydevor bo‘lgan.
3
Egamiz olovini O‘zidan oldin yuboradi, Olovi har tarafdagi dushmanlarni yutadi.
4
Chaqmoqlari olamni yoritadi, Zamin buni ko‘rib titraydi.
5
Butun olamning Rabbiysi oldida, Egamiz oldida tog‘lar mumday eriydi.
6
Samolar e’lon qiladi Uning adolatini, Jamiki xalqlar ko‘radi Uning ulug‘vorligini.
7
Butlarga sajda qiluvchilar, Behuda sanamlari ila maqtanuvchilar Sharmanda bo‘ladi. Barcha xudolar Egamizga ta’zim qiladi.
8
Ey Egam! Sening adolatingdan Yahudo shaharlari shod bo‘ladi, Quddus eshitib, quvonadi.
9
Ey Egam, yer yuzidagi buyuk hukmdor Sensan, Hamma xudolardan Sen yuksalgansan.
10
Ey Egamizni sevganlar! Yomonlikdan nafratlaning. U taqvodorlarining jonlarini O‘zi asraydi, Fosiqlarning qo‘lidan ularni xalos etadi.
11
Solihlarga nur sochilgay, Yuragi poklar uzra shodlik yoyilgay.
12
Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning, Uning muqaddas nomini olqishlang!
Uzbek Bible Latin 2016 (UZLBC)
Muqaddas Kitobni Tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
:
Eslatmalarni Saqlash