Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Sano. [1] Yangi bir qo‘shiq ayting Egamizga! Axir, U ajoyib ishlar qildi. O‘zining o‘ng qo‘li, muqaddas bilagi bilan zafar qozondi. |
| 2 |
| Egamiz zafarining dong‘ini taratdi, Xalqlarga najotini namoyon qildi. |
| 3 |
| Isroil xalqiga bo‘lgan sevgisiyu sadoqatini yodida tutdi. Yerning to‘rt tomoni Egamiz bergan najotni ko‘rdi. |
| 4 |
| Ey zamin ahli, Egamizni olqishlab, xitob qiling, Sevinchli kuy–qo‘shiqlar ila Unga xitob qiling. |
| 5 |
| Lira chalib, Egamizga hamdu sano kuylang, Lira chalib, qo‘shiqlar ayting. |
| 6 |
| Karnayu burg‘ularni chaling, Shohni — Egamizni olqishlab, xitob qiling. |
| 7 |
| Jo‘sh ursin dengizu undagi hamma jonzot, Jo‘sh ursin olamu unda yashovchi hamma maxluqot. |
| 8 |
| Egamiz oldida daryolar qarsak chalsin, Qirlar birga shodlanib qo‘shiq aytsin. |
| 9 |
| Zotan Egamiz yerda hukm etgani kelmoqda, U olamni to‘g‘ri hukm etadi, Adolat ila xalqlarni hukm qiladi. |
| Eslatmalarni saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/psalms/097.mp3
150
97