[1-2] Egamiz Musoga amr berdi: — Fir’avnning huzuriga bor! Men, mo‘jizalarimni ularning orasida ko‘rsatay, deb fir’avnni va uning a’yonlari yuragini tosh qilib qo‘ydim. Misrliklarni masxara qildim, ularga mo‘jizalar ko‘rsatdim. Endi sizlar bolalaringizga, nabiralaringizga bularni aytib berasizlar, deb shu ishlarni qildim. Ana shunda Egangiz Men ekanligimni hammalaringiz bilib olasizlar.
Muso bilan Horun fir’avnning huzuriga borib unga Egamizning shu gapini yetkazdilar: “ Ibroniylarning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: — Sen qachongacha Menga itoat etmay yurasan?! Xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin.
Chigirtkalar yer yuzini shunaqangi qoplaydiki, yer tamomila ko‘rinmay qoladi. Do‘ldan omon qolgan hosilingizni, dalada o‘sgan jamiki daraxtlaringizni chigirtkalar yeb bitiradi.
Saroying, a’yonlaringning uylari, hamma Misrliklarning xonadonlari chigirtkaga to‘lib ketadi. Ota–bobolaring yer yuzida paydo bo‘lgandan buyon bunaqasini ko‘rmagan.” Shundan keyin Muso fir’avnning huzuridan burilib chiqib ketdi.
Shunda a’yonlar fir’avnga: — Bu odam bizga tuzoq bo‘lsa ham, qachongacha indamaysiz?! — dedilar. — Ijozat bering o‘shalarga! Ketaverishsin. Egasi Xudoga sajda qilishsin. Ko‘rmayapsizmi, Misr xarob bo‘ldi–ku!
Shundan so‘ng Muso bilan Horunni fir’avn huzuriga chaqirtirib keldi. Fir’avn ikkoviga dedi: — Mayli boringlar, Egangiz Xudoga sajda qilinglar. Ammo sizlardan kimlar boradi?
— Yoshu qari — hammamiz birga ketamiz, — deb javob berdi Muso. — O‘g‘illarimizni, qizlarimizni, mol–qo‘ylarimizni ham olib ketamiz. Egamizga atab bayram nishonlashimiz kerak.
Fir’avn qarshilik qildi: — Agar xotinlaringiz va bolalaringiz bilan ketishlaringizga ijozat bersam, Egangiz albatta sizlar bilan bo‘ladi! Niyatingiz yomonligi ochiq ko‘rinib turibdi.
Yo‘q, ularga aslo javob bermayman! Egangizga sajda qilgani borishni istayotgan sizlar emasmi?! Juda yaxshi. Faqat erkaklarni olinglar–u, ketaveringlar. Shunda Muso bilan Horunni fir’avnning huzuridan haydadilar.
Egamiz Musoga: — Qo‘lingni Misr uzra uzat! — deb amr berdi. — Misr yurtiga chigirtka yog‘ilsin. Chigirtkalar bu yurtdagi hamma o‘simliklarni, do‘ldan omon qolgan hamma ekin–tikinni yeb bitirsin.
Muso tayog‘ini Misr uzra uzatgan edi, Egamiz bu yurtga sharqdan shamol estirdi. Bir kecha–kunduz shamol esdi. Sharqdan esgan shamol ertalabgacha chigirtkalarni olib keldi.
Butun Misr yurtiga chigirtka yopirildi. Misrning hamma joyini chigirtka bosib ketdi. Chigirtkalar shunchalik uyulib ketdiki, ilgari bunaqasi bo‘lmagan edi, bundan keyin ham bo‘lmaydi.
Yer yuzini chigirtka bosib ketganidan, yer qop–qora bo‘lib qoldi. Jamiki ekin–tikinni, do‘ldan omon qolgan daraxtlardagi meva–chevalarni chigirtka yeb bitirdi. Misrdagi biror daraxtda, biror o‘simlikda yashil barg qolmadi.
— Bo‘lmaydi! — dedi Muso. — Chorvamizni ham olib ketishimizga ijozat berishing kerak. Biz Egamiz Xudoga qurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklar keltiramiz.
Hamma chorvamizni o‘zimiz bilan olib ketamiz, orqada bironta ham tuyoq qolmasligi kerak. Egamiz Xudoga sajda qilganimizda, qurbonliklarni shu mol–qo‘ylarimizdan olamiz. U yerga bormagunimizcha, Egamizga nimani qurbonlik qilishimizni bilmaymiz–ku!