Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko‘chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo‘q ekan.
Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O‘zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o‘ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming‘irlab nolidi.
— Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog‘ingni ham o‘zing bilan ol.
Men sening oldingda — Sinay tog‘idagi qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi. Muso Isroil oqsoqollarining ko‘zi oldida Egamiz aytganday qildi.
Shunday qilib, Muso o‘sha joyga Massax va Mariva, deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g‘amxo‘rlik qiladimi, yo‘qmi?” deb Uni sinagan edi.
Shunda Muso Yoshuaga: — Odamlardan tanlab olgin–da, borib, Omoleklarga qarshi urushga chiq! — dedi. — Ertaga men tepalikning ustida bo‘laman. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq qo‘limda bo‘ladi.
Oxiri Musoning qo‘llari toliqdi. Shunda Horun bilan Xur Musoga tosh keltirib qo‘yib berdilar. Muso tosh ustiga o‘tirdi. Keyin Musoning qo‘llarini bir tomondan Horun, bir tomondan Xur yuqoriga ko‘tarib turdi. Quyosh botguncha, Musoning qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib turaverdilar.
Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi: — Bu g‘alabani xotira qilib, yozib qo‘y, mening quyidagi va’damni ham kirit: “Men Omoleklarning nomini yer yuzidan o‘chiraman.” Keyin buni ovoz chiqarib Yoshuaga o‘qib ber.