Horun bilan uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qiladilar. Shuning uchun ularni Menga bag‘ishlab, quyidagicha marosim o‘tkaz. Nuqsonsiz bitta buqani va ikkita qo‘chqor qo‘yni ol.
Sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nonlarni va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni ham pishirtir.
So‘ngra ruhoniylik liboslarini ol. Horunga ko‘ylakni va ridoni, efodni, ko‘krakpechni kiygiz. Efodning mahorat bilan naqsh solingan kamarini Horunga bog‘la.
boshlariga peshanabog‘ bog‘la. Horun bilan o‘g‘illariga yana belbog‘ bog‘la. Doimiy qonun–qoida bo‘yicha ruhoniylik ularniki bo‘ladi. So‘ng Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla.
qo‘chqorni so‘yib, qonini ol. So‘ngra Horun bilan o‘g‘illarining o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga, o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga qon surt. So‘ngra qurbongohning to‘rtta yon tomoniga qon sep.
Keyin qurbongohdagi qondan, muqaddas qiladigan moydan olib, Horun bilan o‘g‘illariga, hammalarining ruhoniylik liboslariga sep. Shunday qilib, Horun bilan o‘g‘illari, hammalarining liboslari muqaddas bo‘ladi.
Bu qo‘chqor Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladi. Shuning uchun qo‘chqor qo‘yning o‘ng sonini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larni ol.
Bularning hammasini Horunning va uning o‘g‘illarining qo‘llariga qo‘y. Bularni ular Men, Egangizga, bag‘ishlaganlarini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarishsin.
So‘ngra bu hamma nazrlarni ularning qo‘llaridan olib, qurbongohda birinchi kuydiriladigan qo‘chqor bilan kuydir. Olovda kuydirilgan bu nazrlardan ham Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
So‘ngra ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladigan o‘sha ikkinchi qo‘chqorning to‘shini olib, Men, Egangizga, bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tar. Bunisi sening ulushing bo‘ladi.
Horun va uning o‘g‘illari Mening huzurimda ruhoniylikka tayinlanish marosimida qo‘chqorning yuqoriga ko‘tariladigan qismlari — to‘shi va soni muqaddas, deb qaraladi.
Horunning muqaddas ruhoniylik liboslari o‘zidan keyin uning nasllariniki bo‘lsin. Horunning nasllariga shu liboslarda moy surtilib, shu liboslarda ular oliy ruhoniylikka tayinlanadilar.
Faqat ular bu go‘shtdan va nondan tanovul qila oladilar. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash va bag‘ishlash marosimida ularni gunohdan poklash uchun o‘sha non va go‘shtdan foydalaniladi. Bu go‘sht va non muqaddas bo‘lgani uchun, ruhoniy bo‘lmagan odamlar bulardan tanovul qila olmaydi.
Agar ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan go‘shtdan va nonlar nazridan ertalabgacha qolsa, qolganlarini olovda kuydir. Bular muqaddas bo‘lgani uchun tanovul qilish mumkin emas.
Yetti kun davomida har kuni shunday qil. Ana shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa qurbongohga tegib ketganda ham, u muqaddas bo‘ladi.
[40-41] Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni don nazri qilib keltir. Shu bilan birga, ikki kosa sharob nazrini ham keltir. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
Quydiriladigan bu ikki qurbonlik Men, Egangizning huzurida, Uchrashuv chodiriga kiraverishda avlodlar osha qilinsin. O‘sha yerda Men sen bilan uchrashib, gaplashaman.
Men Uchrashuv chodirini va qurbongohni muqaddas qilaman. Horun bilan o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishlari uchun ularni ham muqaddas qilaman.
Shunda Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilay, deb ularni Misr yurtidan olib chiqqan Egasi Xudo Men ekanligimni ular bilib oladilar. Men ularning Egasi Xudoman.