Муқаддас Китоб 2016 (UZLBC)
|
| 1 |
| Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Bobil to‘g‘risida ayon bo‘lgan bashorat. |
| 2 |
| Yalang tepalik uzra ishora yuboring, Ularga qarab hayqiring! Qo‘llaringizni ko‘tarib, ularga ishora bering. Shunda ular aslzodalar darvozasiga kelar. |
| 3 |
| Egam aytar: “Men O‘zim tanlaganlarga amr berib, Qahrimni ko‘rsatsin, deb jangchilarimni yig‘dim, G‘alabamdan sevinadiganlarni to‘pladim.” |
| 4 |
| Qirlardagi olomonning tovushi O‘xshaydi buyuk xalqning ovoziga. Ana, shohliklarning shovqin–suroni! Elatlar yig‘ilmoqda. Sarvari Olam tayyorlamoqda Jang qilmoqqa lashkarini. |
| 5 |
| Kelayotir ular uzoq yerlardan, Ha, osmon gumbazining bir burchidan. Egam va Uning g‘azab qurollari Qirib yuboradi butun yer yuzini. |
| 6 |
| Faryod qil, Egamizning kuni yaqin! Ha, Qodir Xudo kulfat yuboradi! |
| 7 |
| Hamma qo‘llardan darmon ketadi, Har bir inson vahimaga tushadi. |
| 8 |
| Ular dahshatga tusharlar, Dardu iztirob ularni chulg‘ar, To‘lg‘oq tutgan ayolday bukchayib qolar. Bir–biriga qo‘rquv ichra qarar, Ularning yuzlari lovullab yonar. |
| 9 |
| Mana, kelayotir Egamizning kuni! Alanga olayotir g‘azabu qahr, dahshat. Vayronaga aylantirar yer yuzini, Yer yuzidan qirib tashlar gunohkorlarni. |
| 10 |
| Ha, samodagi yulduzlar, burjlar Taratmaydi o‘z yorug‘ligini. Quyosh chiqsa ham, zulmat bo‘ladi, Oy nurini sochmaydi. |
| 11 |
| Egam aytar: “Olam bilan hisob–kitob qilaman qabihligi uchun, Fosiqlar bilan ularning gunohi uchun, Manmanlarning kiborligiga chek qo‘yaman, Takabburlarni dimog‘dorligi uchun yerga uraman. |
| 12 |
| Insonni kamyob qilurman sof oltindan ham, Odamni Ofir oltinidan ham. |
| 13 |
| G‘azabim alangalangan kun Samoni titratib yuborurman. Men, Sarvari Olamning g‘azabidan Zamin qo‘zg‘aladi o‘z o‘rnidan. |
| 14 |
| Shunda inson ovdagi jayronday bo‘lar, Cho‘ponsiz qolgan suruvday bo‘lar, Har biri o‘z xalqiga qaytib ketadi, Har biri o‘z yurtiga qochib boradi. |
| 15 |
| Topilganlarning har biri nayzaga ilinadi, Qo‘lga tushgan har kim qilichdan o‘tkaziladi. |
| 16 |
| O‘zlarining ko‘z o‘ngida Chaqaloqlari tilka–pora bo‘ladi. Uylari talon–taroj bo‘ladi, Xotinlariga tajovuz qilinadi. |
| 17 |
| Mana, Midiyaliklarni ularga qarshi qo‘yaman, Midiyaliklarga kumushning hech keragi yo‘q, Ular oltinni ham istamaslar. |
| 18 |
| Ularning o‘qlari yoshlarni qiradi, Shafqat ko‘rsatmaydi ular bolalarga, Rahm qilmaydi ona qornidagilarga. |
| 19 |
| Bobildir shohliklarning go‘zali, Bobilliklar ulug‘vorligining durdonasi. Ammo Men, Xudo, yer bilan yakson qilaman Xuddi Sado‘m, G‘amo‘ra kabi uni. |
| 20 |
| Endi u yerda hech kim yashamas, To abad hech kim uni maskan qilmas. U yerda hatto chodir qurilmas, Cho‘ponlar suruvlarini o‘tlatmas. |
| 21 |
| Ammo yovvoyi hayvonlar bu yerda yotar, Uylar yirtqichlar bilan to‘lar, U yerda boyqushlar joylashar, Echkilar u yerda shataloq otar. |
| 22 |
| Uvullashar sirtlonlar qal’alarda, Chiyabo‘rilar go‘zal saroylarda. O‘sha vaqt yaqin orada keladi, O‘sha kun kelmasdan qolmaydi.” |
|
| Eslatmalarni Saqlash |
https://beblia.bible:81/BibleAudio/uzbekuzlbc/isaiah/013.mp3
66
13