Uyat senga, ey Sidon! Axir, Tir, dengiz bo‘yidagi qal’a shunday demoqda: “Na to‘lg‘oq azobin chekdim, na tug‘dim, Na o‘g‘illar, na qizlar ulg‘aytirdim.”
Ana Bobil yurtiga boq, endi uning xalqi yo‘q. Ossuriyaliklar qurshov minoralari qurdilar, Bobilliklarning saroylarini yakson qildilar. Yurtni vayronaga aylantirdilar, yovvoyi hayvonlarga berdilar.
Shundan keyin Tir shahri bir shohning umricha — yetmish yilga unutiladi. Yetmish yil o‘tgandan keyin, Tir ham quyidagi qo‘shiqda aytilgan fohishaday bo‘ladi.
Yetmish yil o‘tgach, Egamiz Tir bilan yana aloqada bo‘ladi. Ammo Tir pul uchun yana fohishalik qila boshlaydi. Dunyoning hamma shohliklariga fohisha bo‘ladi.
Shahar tijoratdan va fahshdan olgan daromadlarini Egamizga ataydi. Daromadlar yig‘ilmaydi ham, saqlanmaydi ham. Tijoratdan olganlarini to‘yguncha yesinlar, chiroyli kiyinsinlar, deb daromad Egamizning huzurida yashayotganlarga beriladi.